Tramp Putin bilan iyul oyida uchrashishi mumkin
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan iyulь oyida uchrashish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu haqda Tramp 21 iyun kuni AQSh shtatlari gubernatorlari bilan uchrashuv paytida gapirdi.
Bloomberg News’ning diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, Tramp-Putin uchrashuvi iyulь oyi oʻrtalarida, Trampning Britaniya va Bryusselda oʻtadigan NATO sammitiga tashrifidan oldin yoki keyin boʻlishi mumkin.
CNN oʻz manbasiga tayangan holda, Tramp Putinni Vashingtonga taklif qilishni xohlayotganini, biroq Moskva betaraf hududda, masalan, Venada uchrashish taklifini kiritayotganini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Jon Bolton Putinning Tramp bilan uchrashuvi masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga boradi.