1439 yilning Shavvol oyini kuzatish natijasi eʼloni hamda muborak ramazon hayiti tabrigi

1271
0

1439 yilning Shavvol oyini kuzatish natijasi eʼloni hamda muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar oy koʻrinmay qolsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Bugun 2018 yil 14 iyun, payshanbadan jumʼaga oʻtar kechasida muborak shavvol oyi kuzatilgandan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani ayrim islomiy yurtlarda oʻz isbotini topdi. Shunga binoan, ertaga jumʼa kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – u kishini Alloh hifzu himoyasida asrasin – barcha Islomiy Ummat farzandlarini muborak ramazon hayiti bilan qutlaydilar. U kishi Alloh Subhanahu va Taolodan yer yuzida Islomni tatbiq qiladigan, uni hidoyat va nur sifatida butun olamga yetkazadigan, yurtlarni ozod qilib, Allohning bandalariga xizmat qiladigan adolatli Xalifalik davlatini barpo etishga bizlarni muyassar qilishini soʻraydilar. Ushbu jihod davlati bilan avvalgi fathlar qayta amalga oshadi. Natijada, odamlar hayit bayramlari va fathlarida Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd… deya hayqiradilar.

Oʻz navbatida, men va matbuot boʻlimi xodimlari ham Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani va barcha musulmonlarni ushbu muborak ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz. Zero, Alloh ushbu hayitni roʻzadorlarni shodlantiruvchi, musulmonlar birligini namoyon qiluvchi va musulmonlarga odamlardan alohida yagona ummat ekanliklarini eslatuvchi boʻlishini iroda qildi.

Ey Yer yuzining barcha joyidagi musulmonlar!

Alloh Subhanahu va Taolodan sizu bizning tutgan roʻzalarimiz, qiyomlarimiz, ruku va sajdalarimiz hamda boshqa solih amallarimizni Oʻz dargohida qabul qilgan boʻlishini soʻrayman. Shuningdek, kelgusi roʻza Alloh sizlarni adolatli roshid xalifa bilan ikrom qilgan holda qaytib kelishini ham U Zotdan soʻrab qolaman. Shunda sizlar bu xalifa bilan himoyalanasiz va uning ortida turib jang qilasiz… va u sizlarni Allohning kitobi va Rasuli ﷺning Sunnati bilan boshqaradi… Bu ish Allohga qiyin emas.

Roʻza hayiti Alloh Azza va Jallaning musulmonlarga boʻlgan fazli va iltifotidir. Hayitlarning hayiti esa nusrat va gʻolib qilish toʻgʻrisidagi Alloh Subhanahuning vaʼdasini va Rosululloh ﷺning bashoratlarini roʻyobga chiqarish bilan boʻladi, shariat bilan boshqaruvchi Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish bilan boʻladi.

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun kofir va mustamlakachilarga malaylik qilib, Alloh, Rosuli va moʻminlarga xoinlik qilayotgan vazʼiy rejimlarni agʻdarib tashlash zarur…

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun butun Islomiy Ummat kuchlarini birlashtirmoq lozim…

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun armiyalarimiz Islomni aziz qilish yoʻlida faoliyat qilayotgan xolis insonlarga nusrat-yordam berishlari lozim.

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun siyosat, iqtisod, ijtimo va taʼlim kabi hayotning barcha sohalarida islomiy hayotni qayta boshlash lozim.

Hayit xursandchiligi toʻliq boʻlishi uchun Islomning buyuk qasrini, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik qasrini qurish lozim.

Sizlarni eng buyuk hayitga, uni roʻyobga chiqarish uchun faoliyat olib borishga daʼvat qilaman. Hayitingizni Alloh Subhanahu va Taolo amriga boʻysunish hamda ushbu dinni qudratli va gʻolib qilish uchun xolis kishilar bilan birga harakat qilish orqali xotimalang. Toki, barchamiz aniq gʻalaba kunida gʻoliblar, toat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, tavba qiluvchilar takbirini aytaylik…

اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ … لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ

اَللهُ أَكْبَرُ اَللهُ أَكْبَرُ .. وَللهِ الْحَمْدُ

اَللهُ أَكْبَرُ كَبِيرًا وَالْحَمْدُ للهِ كَثِيرًا وَسُبْحَانَ اللهِ بُكْرَةً وَأَصِيلاً

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ … صَدَقَ وَعْدَهُ .. وَنَصَرَ عَبْدَهُ .. وَأَعَزَّ جُنْدَهُ وَهَزَمَ الْأَحْزَابَ وَحْدَهُ

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ .. وَلاَ نَعْبُدُ إِلاَّ إِيَّاهُ .. مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Barchangizni hayitingiz muborak boʻlsin! Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizning toat-ibodatlarimizni qabul qilsin!

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Payshanbadan jumʼaga oʻtar kechasi, hijriy 1439 yilgi muborak shavvol oyining birinchi kuni, milodiy 2018 yil 15 iyun.

 Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.