Gruziya 2021 yili NATOga aʼzo boʻladi
Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili 26 may, shanba kuni mamlakatning 2021 yili NATOga aʼzo boʻlishiga umid qilyotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Shu vaqtgacha Gruziyaning NATOga qachon aʼzo boʻlishi sanasi oshkor qilinmas edi.
Bosh vazir xalqaro hamjamiyat, jumladan, Shimoliy Atlantika alьyansi tomonidan bu masala hal qilinishiga umid qilishini bildirgan. Mamlakat xavfsizligini taʼminlashda NATOga aʼzo boʻlishning ahamiyati katta ekanini taʼkidlangan.
“Gruziya hukumati Yevropa va Evroatlantika hamdoʻstligiga qoʻshilish uchun har kuni ish olib bormoqda”,- dedi bosh vazir.
Tashqi ishlar vaziri Mixail Janelidze, oʻz navbatida, mamlakat hukumati hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va NATOga aʼzo boʻlish uchun islohotlarni davom ettirishini bildirdi. Yarashish va fuqarolar tenghuquqligi boʻyicha vazir Ketevan Sixelashvili ham ushbu fikrni tasdiqladi.
Biz bu ish imkon qadar tezroq amalga oshishini istaymiz. Umid qilamizki, koʻp yillar mobaynida davom etayotgan hamda jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan islohotlar jarayoni va intilishlarimiz tashkilotga qoʻshilish (integratsiya) borasida oʻz samarasini beradi ,- dedi Sixelashvili.
Shu hafta oʻrtasida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hukumat Gruziyaning NATOga aʼzo boʻlishi uchun zaruriy ishlarni amalga oshirayotganini maʼlum qildi.
Avvalroq Rossiya Gruziya va NATO hamkorligining kuchayishidan xavotirda ekanini bildirgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish kerakligini maʼlum qilgan edi.