Narxlarni belgilab qoʻyish dehqonlar uchun zarba boʻlmoqda
Yoz mavsumi kirib kelar ekan, odatdagidek Oʻzbekistonda turli hil mevalar va sabzavotlar pishib yetila boshladi. Biroq dehqonlar hech qanday GMO aralashmagan sabzavot va mevalarni sotib mumaygina daromad topish oʻrniga, chiritib soʻng choʻntagidan pul sarflab axlatxonalarga tashlashga majbur boʻlishmoqda. Chunki “Oʻzagroeksport” tashkiloti dehqonlar oʻzlari peshonaterisi bilan yetishtirgan mahsulotlarni chet elga sotishlari uchun majburiy qimmat narxlarni belgilab qoʻygan. Masalan bozorda eng yaxshi gilosning narxi 18 ming soʻm boʻlsa, “Oʻzagroeksport” uni ulgurcha sotish uchun 32 ming soʻm narx belgilab qoʻygan.
Andijonlik dehqoning aytishicha, uning hali qizarmagan pomidori uchun kilosiga 4 ming soʻmdan xaridor kelgan. 4 ming soʻm dehqon uchun juda yaxshi narx. Andijonlik dehqon jon deb sotishni xohlagan-u, ammo sota olmagan. Chunki “Oʻzagroeksport” chetga sotiladigan 1 kilo pomidor uchun 8 ming soʻm atrofida narx belgilagan.
Dehqonlar bundan qattiq norozi. Chunki belgilangan narx oʻta qimmatligi uchun ular oʻz mahsulotlarini sota olishmayapti. Natijada dehqonlar peshona terisi bilan yetishirgan hosilini axlatga uloqtirishga majbur boʻlishmoqda. Aksariyat dehqonlar oʻz mahslotlarini qoʻshimcha chiqim qilib muzlatgichda saqlashini yoki axlatxonaga toʻkib yuyuborishini ham bilolmay hayron. Mutasaddilar esa ichki va tashqi bozorni oʻrganib, undan soʻng dehqonlarning mahsulotlariga narx belgilanishini daʼvo qilmoqda.
Turkiston:
Shariat hukmi boʻyicha davlat yoki biror tashkilot tarafidan “jamiyat manfaatlarini himoya qilish” bahonasi bilan narxni belgilab qoʻyilishi umuman taʼqiqlanadi. Chunki har bir shaxs oʻz mulkiga ega boʻlib, uni xohlagan narxda sotish huquqiga ega.
Islom narx belgilashni mutlaqo harom qilgan. Ahmad Anasdan rivoyat qiladi:
“غَلَا السِّعْرُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ r فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ لَوْ سَعَّرْتَ. فَقَالَ: إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْخَالِقُ، الْقَابِضُ، الْبَاسِطُ، الرَّازِقُ، الْمُسَعِّرُ، وَإِنِّي لَأَرْجُو أَنْ أَلْقَى اللَّهَ، وَلَا يَطْلُبُنِي أَحَدٌ بِمَظْلَمَةٍ ظَلَمْتُهَا إِيَّاهُ فِي دَمٍ، وَلَا مَالٍ”
“Paygʻambar s.a.v.ning zamonlarida narx qimmatlashdi. Odamlar, ey Rasululloh, narx belgilab qoʻyganingizda edi, deyishdi. Shunda u kishi: Yaratuvchi ham, moʻl qilib beruvchi ham, bermay turuvchi ham, rizq beruvchi ham, narx belgilovchi ham Ollohning Oʻzidir. Men bironta odam mol borasida ham, jon borasida ham, shu menga zulm qilgan, deb Ollohga ustimdan arz qilmagan holda yoʻliqishni umid qilaman”, dedilar.
Islom davlatida har bir fuqaro narx belgilagan kishining ustidan, u hokim yoki Xalifa boʻlishidan qatʼiy nazar, “shikoyatlar mahkamasi”ga arz qilish huquqiga ega. Uning shikoyatni koʻrib chiqib, talabini qondirish Mahkamaning burchidir.