Mirziyoyev AQShga joʻnab ketdi

923
0

Mirziyoyev AQShga joʻnab ketdi

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donalьd Trampning taklifiga binoan 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga joʻnab ketdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

 Oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

 Vashingtonda Mirziyoyev, shuningdek, AQSh Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

 Rasmiy tashrif yakuni boʻyicha ikki mamlakat prezidentlari “Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi” deb nomlangan qoʻshma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalardagi oʻzaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamining qabul qilinishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.