Tramp Koʻrfaz davlatlarining nazarida “qahramonlik” koʻrsatdi

918
0

Tramp Koʻrfaz davlatlarining nazarida “qahramonlik” koʻrsatdi

AQSh prezidenti Donalьd Tramp 8 may kuni Arab oʻlkalarining nazarida “Qaramonlik” koʻrsatib, Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvdan chiqishini eʼlon qildi. Trampning bu qarori oʻzlari uchun Eronni katta xavf deb bilgan Arab davlatlarining koʻzlarini quvontirdi.

Saudiya Arabistoni, Bilashgan Arab Amirligi va Bahrayn davlatlari ichlaridagi quvonchlarini yashira olmay, darhol Trampga tabriknoma yoʻllab, uni qoʻllab quvvatlashini bildirdi. Ularning taʼkidlashicha, Trampning bu qarori Yaqin Sharq mintaqasini yadroviy quroldan xoli tutish bilan u yerdagi xavfsizlikni saqlashni anglatadi.

Turkiston:

AQSh prezidenti Donalьd Tramp Eron vahimasini Saudiya poytaxti Riyoz shahrida Islomga qarshi tashkil qilgan va ellik beshta islomiy yurtlar rahbarlari ishtirok etgan sammitda koʻrtara boshlagan edi. Sammitda Tramp dunyoda terrorning rivojlanishida Eron hukumatini ayblab, Eronni tiyib qoʻymay turib, terror tahdidlaridan butunlay qutilishning iloji yoʻqligini taʼkidladi. Bu bilan u arab oʻlkalariga “Qarshingizda shunday vahshiy terrorchi turibdiki, undan himoyalanishingiz uchun mening himoyamga muxtojsiz”, deya uqtirdi.

Aslida mintaqada Eronni kuchayishi ham, uning Suriya kabi davlatlarda terrorchilikni amalga oshirishi ham AQShning loyihalari bilan hamohang ketmoqda. Chunki Eronning Livandan tortib, Iroq va Yamanga qadar butun mintaqadagi kengayishi AQShning roziligi va koʻrsatmasi bilan amalga oshganligi kundek ravshan.

Shuni aytib oʻtish lozimki, AQShda tuziladigan siyosiy loyihalar bir necha maqsadda va uzoq muddatni koʻzlab tuziladi. U biror prezidentning davriga xos boʻlmaydi. Sobiq prezident Barak Obama davrida Eronning kuchayishiga yoʻl qoʻyib berildi. Uning jinoyatlaridan va Arab davlatlariga qilgan doʻq-poʻpisalaridan atayin koʻz yumildi. Eron hukumati Arab davlatlarining koʻzini yaxshigina qoʻrqitib qoʻygandan soʻng Tramp davriga kelib, bu loyiha oʻz mevasini bera boshladi. Yaʼni, AQSh Koʻrfaz davlatlariga “men sizlarni Eronning yovuzligidan himoya qilyapman”, degan bahona bilan ulardan yuz milliardlab dollar undira boshladi. Yuqorida aytib oʻtilgan Saudiya Arabistoni, Bilashgan Arab Amirligi va Bahrayn davlatlarining Trampni qoʻllab quvvatlashini quruq ogʻzaki boʻlmasligi turgan gap.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.