Jeenbekov fitnachilarni jazolashini aytdi

0
560

Jeenbekov fitnachilarni jazolashini aytdi

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning shimoliy va janubiy qismi oʻrtasidagi qarama-qarshilik masalasini sunʼiy ravishda avj oldirayotganlarga nisbatan chora koʻrishi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

 Issiq-Koʻl viloyati Tons tumani aholisi bilan uchrashuv chogʻida, Qrigʻiziston prezidenti soʻnggi vaqtlarda goʻyoki u mamlakatda hukumatni “klanlashtirishga” harakat qilayotgani toʻgʻrisida fikrlarni  jamoatchilik orasida tarqatishga harakat kuchaygani haqida aytib oʻtgan.

 “Shunday odamlar borki, ular boʻlar-boʻlmasga shimol va janub mavzusini koʻtaradilar. Ular shu tariqa xalq birdamligiga putur yetkazadilar. Biz kim fitna bilan shugʻullanayotganini koʻrib turibmiz va choralar koʻramiz”,- deb taʼkidlagan Jeenbekov.

 Jeenbekov hech qachon fuqarolarni millati, ijtimoiy mavqei yoki diniy kelib chiqishiga qarab ajratmaganligini ham qoʻshimcha qilgan.

Turkiston:

 Eski rejim sarqitlari (yaʼni, uchunchi kuch), mamlakatda mintaqalararo, urugʻlararo va hatto imkoniyatlari boʻlsa, milliy nizolar keltirib chiqishdan ham toyishmaydi. Hozirda Atambayev boshchilik qilib borayotgan guruhning kurashi, yangi hokimiyat tomonidan keng yoʻl ochib berilgan korruptsiyaga qarshi kurash mexanizmini toʻxtatib qolishga qaratilgan! Ular “telefon terroristi” va shunga oʻxshagan yana bir qator harakatlari bilan xalqni vahimaga solish, ularda mintaqaviy, urugʻlararo va milliy his tuygʻularini jumbushga keltirishi mumkin boʻlgan harakatlar olib borishyapti. Yangi hokimiya va uni qoʻllab borayotgan elita vakillarining barchasi bu ketayotgan iflos harakatlarni aniq bilib turishibdi. Demak “uchunchi kuch” vakillari, matbuot urushi muvaffaqqiyatli amalga oshsa, maydonda faqat bir ultimatum bilan, yaʼni korruptsiyaga qarshi bir tomonlama kurashni toʻxtatinglar degan ultimatum bilan namoyon boʻlishadi.

“Uchunchi kuch” sarqitlari yangi hokimiyatga qarshi mintaqalararo keskinliklar keltirib chiqarish bilan tahdid solib, ularni diniy muhitga qarshi yoʻnaltirishga harakat qilishayapti. Kuzatib boramiz, agar hokimiyat diniy muhitga qarshi harakatlana boshlasa, demak “uchunchi kuch” harakati hokimiyatga oʻz taʼsirini oʻtkaza olgan boʻladi. Demak ular bir birlari bilan kelishib, mamlakatga milliardlagan zarar keltirgan korruptsionerlarga qarshi kurash harakatini toʻxtatishadi. Kurashni toʻxtatishlariga esa, diniy ““terrorizm, ekstremizm” xavfi paydo boʻlib borayotganini bahona qilishadi. Bu bilan ular har safargidek xalqni, jamoatchilikni oʻz kirdikorlaridan chalgʻitayotgan boʻlishadi!  

Izohlar yo'q