Suriyadagi vaziyat AQSh boshchiligidagi kufr davlatlarini yana boshini qotirmoqda
Idlib aholisi Xalifalik davlatini tiklash va sharʼiy ahkomlar ijro qilinishini talab qilib, “Suriya inqilobni saqlab qolish va Ummatning yuksalishi” nomli namoyish oʻtkazdi. Hizb ut-Tahrir boshchiligida tashkil qilingan namoyishda kutilganidan ortiqcha darajada xalq ishtirok etdi. Insonlar diqqat bilan tinglagan matbuot bayonotidan soʻng Suriya inqilobni saqlab qolish va Xalifalikni tiklashga chaqiriqlar yangradi.
Muxolifatning qoʻlidagi soʻnggi yer hisoblangan Idlib shahri dastlabki kunlaridan buyon inqilobni kuchli qoʻllab-quvvatlab kelgan shahar hisoblanadi. Shuning uchun Idlib shahri bosqinchi Rossiya va qotil Asad tomonidan ayovsiz bombalangan hududlardan biriga aylandi. Biroq u yerdagi barcha ogʻir vaziyatlarga qaramay, Idlib musulmonlari, Hizb ut-Tahrir rahbarligida Islomga bogʻliqliklarini va Xalifalik davlatini tiklab, Sharʼiy qonunlar asosida hayot kechirishni talab qilishdan aslo toʻxtamayapti.
Shuningdek, Hizb-ut-Tahrir koʻplab mamlakatlarda, shu jumladan Suriyada ham “28 Rajab” kampaniyasi doirasida bir qancha tadbirlar tashkil etdi. Mazkur tabdirlarda ummatga Xalifalikni eslatish va “Paygʻambarlik minjoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etib, Islomiy hayotni qayta boshlash uchun siyosiy ishlar amalga oshirildi.
Ayni paytda Suriyada jihodiy harakat olib borayotgan “Hayʼati Tahrirush Shom” va “Ahrorush Shom”, “Nuriddin Zangiy” va “Suqurush Shom” guruhlari oʻrtasida yuz bergan oʻzaro toʻqnashuvlar toʻxtatilib, Kufrga qarshi urush boshlanganligi xabar qilinmoqda. Hizb ut-Tahrir boshchiligida Suriya xalqi ulardan bu birodarkushlik urushlarni darhol toʻxtatishni talab qilib, aks holda Allohning oldida qattiq azobda qolishidan ogohlantirib kelayotgan edi.