Turkmanlar ish izlab Ozarboyjonga borishmoqda

660
0

Turkmanlar ish izlab Ozarboyjonga borishmoqda

Ozarboyjonga tegishli  haqqin.az saytining xabar berishicha, Turkmanistondagi iqtisodiy holatning tubanlashgani bois valyutalar  kursi kӯtarilib ketgan. Ishsizlikdan aziyat chekkkan aholining kӯp qismi tirikchilik payida ish izlab Ozarboyjonga borishmoqda. Bakuning dengiz vokzalida qӯshni fuqarolardan iborat mehnat muhojirlari soni tobora kӯpaymoqda.

Axborot angentliklari tarqatgan  xabarlarga kӯra, turkmanlar ӯzlari bilan olib kelgan tilla buyumlarni sotib ӯrniga Ozarboyjondan oziq-ovqat mahsuloti sotib olishmoqda.

“Shu kunlarda Xalqaro bojxona boshqarmasi tomonidan Boku dengiz bandargohida katta miqdordagi oltin buyumlarning mamlakatga noqonuniy olib kiritilish holati aniqlandi va bu mol-mulklar musodara qilindi. Tilla bayumlarni mamlakat ichkarisiga Turkmaniston fuqarolari olib kirishga urunishgan.  3 nafar turkman fuqarolaridan 993 gramm vaznda deklaratsiyadan ӯtmagan tilla jihozlar olindi. Tekshiruv ishlari boshlandi”- deya xabar beradi haqqin.az.

Nashrga kӯra,  Turkmanistondan Ozarboyjonga  ish izlab kelgan ayollar soni ham kundan kunga kӯpaymoqda. Ularning eng kӯp qismi asosan  fohishalik bilan shugʻullanishadi. Ozarboyjon Mamlakat migratsiya xizmati qoshidagi umumxalq kengashi rahbari Azer Allaxveranov, turkman fuqarolarining Ozarboyjonga kelishlari tӯgʻrisida fikr bildirib shunday deydi:

“Oxirgi bir necha yil mobaynida turkman muhojirlari tӯlqini bir necha marotabaga kӯpaydi. Bu holatga Turkmanistondagi iqtisodiy vaziyatning nochorligi sabab bӯlmoqda. Turkmanistonliklar bizning mamlakatga oltin buyumlarini olib kelib, sotishadi va qӯlga kiritgan daromadlariga oziq-ovqat mahsuloti va valyuta sotib olishadi. Natijada bizning mamlakatga  faqat oddiy ishbilarmonlargina  emas, balki kazzoblar ham kelib jamiyatimizga salbiy taʼsir ӯtkazishmoqda”.

Qayd etish joizki, shu kunga qadar Turkmaniston fuqarolari asosan Turkiya va Rossiya davlatlariga ish izlab borardilar, endi qӯshni Ozarboyjon ham turkmanlarning umid maskaniga aylanib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.