Jubayr: AQSh istasa biz Suriyaga qoʻshin yuborishga tayyormiz
AQShda chiqadigan “Wall Street Journal” gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan tayorlangan “Suriya loyihasi”ni eʼlon qildi. Loyihaga koʻra, Suriyadagi AQSh qoʻshinlarining oʻrniga arab qoʻshinlari joylashtiriladi. Shuningdek gazetaning yozishicha, Oq uy maʼmuriyati Saudiya arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatardan Suriyaga qoʻshin yuborishdan tashqari milliardlagan dollar mablagʻ ham talab qilgan.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil Jubayr AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarini kengaytirish borasida qaror qabul qilinsa, Saudiya qirolligi Suriyaga askar yuborishga tayyor ekanligini bildirdi. Jubayrga koʻra, Saudiya hozirgi vaqtda Vashington bilan Sharqiy Suriyada mavjud boʻlishi kerak kuchlar haqida muhokama olib bormoqda.
“AQSh bilan uchrashuvlar oʻtkazyapmiz. Suriya inqirozi boshlangandan buyon u yerga askar yuborishga tayorligimizni bildirib kelamiz”, dedi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri.
Adil Jubayrning taʼkidlashicha, Saudiya hukumati avval boshdan terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun Islomiy ittifoq tarkibidan Suriyaga qoʻshin yuborish masalasini Vashingtonga taklif qilgan. Biroq, Obama maʼmuriyati Saudiyaning bu taklifini qabul qilmagan.
“Biz AQSh bilan oʻtkazgan munozaralarimizda Suriyaga qoʻshin yuborish masalasiga nisbatan, (AQShning sobiq prezidenti) Barak Obamaga taklifimizni bildirgan edik. Agar Qoʻshma Shtatlar Suriyaga qoʻshin yuboradigan boʻlsa, boshqa davlatlar bilan birgalikda kolitsiya qoʻshinlarining bir qismi sifatida Saudiya Arabistoni ham “Suriyaga qoʻshin yuborish” masalasini oʻylab koʻrishi haqida Obamaga aytgan edik” dedi Jubayr BMTning bosh kotibi Antonio Guterres bilan Saudiya poytaxti Ar-Riyodda tashkil qilingan qoʻshma matbuot anjumanida.
Suriyaga qoʻshin yuborish gʻoyasi yangi emasligiga ishora qilgan Saudiya tashqi ishlar vazirining taʼkidlashicha, Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi kurash uchun Vashingtonga oʻz takliflarini taqdim qilishidan oldin ham, keyin ham, Islomiy ittifoq tarkibidagi davlatlarga Suriyaga qoʻshin kiritish borasidagi fikrini bildirib kelgan. Lekin Obama maʼmuriyati bu takliflar xususida tegishli choralar koʻrmagan.