Toshkentda MDH havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi

564
0

Toshkentda MDH havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi

 “Sputnik” bergan xabarga koʻra, Toshkentda ceshanba kuni MDH davlatlar mudofaa vaziri kengashi huzurida havo hujumidan mudofaa boʻyicha muvofishlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishida MDH davlatlari birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi (PVO) rivojlantirish masalasi muhokama qilinadi, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligida jurnalistlarga maʼlum qilishdi.

“MDHga aʼzo davlatlarning birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish va rivojlantirishning eng muhim yoʻnalishi — havo hujumidan mudofaa birlashgan mintaqaviy tizimini yaratish va rivojlantirish, harbiy boshqaruv organlari, shuningdek, havo hujumidan birlashgan mudofaa tizimi tarkibiga kiruvchi kuchlarning oʻzaro harakatlari”,- deb taʼkidlandi vazirlikda.

 Shu bilan birga, muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan shu yilda jangovar tayyorgarlik oʻtkazish qoʻshma choralar va turli harbiy texnikaviy hamkorlikning boshqa masalalarini ham koʻrib chiqiladi.

 Toshkentga Rossiya, Qozogʻiston, Armeniya, Tojikiston, Belarus, Qirgʻiziston mudofaa vazirliklaridan delegatsiyalar hamda Rossiya harbiy sanoat korxonalar vakillari kelishadi.

 Tomonlar MDH davlatlarining birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi “Mintaqaviy xavfsizlik-2018” qoʻshma kompьyuterlashtirilgan qoʻmondonlik-shtab mashgʻulotlari rejasi va Yagona davlat radiolokatsion farqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiya loyihasi boʻyicha kelishib oladi.

 Maʼlumot uchun, MDH davlatlarining birlashgan havo hujumidan mudofaa tizimi Olmatada 1995 yil 10 fevralda 10 ta davlat tomonidan imzolangan bitim asosida tashkil qilingan. Bitim amal qilish muddati chegaralanmagan, boshqa davlatlar qoʻshilishi uchun ochiq.

Hozirgi kunda ushbu tizimga MDHga aʼzo boʻlgan davlatlar — Rossiya, Armeniya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.