Mayk Pompeo: Rossiya bilan “yumshoq munosabatlar” davri tugadi
Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori, AQShning yangi davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya bilan yumshoq munosabatlar olib borish siyosati oʻtmishda qolgani haqida maʼlum qildi.
“Rossiya agressiv harakatlanishda davom etmoqda. Koʻp yillar davomida olib borilgan yumshoq siyosat ularning agressiyasiga qarshi nima qila oldi? Endi bunday davom etmaydi”,- degan Pompeo Kongressga yoʻllagan xatida.
U Rossiya bilan munosabatlarda qoʻllanadigan sanktsiyalarni keltirgan: diplomatlarni chiqarib yuborish, Amerika armiyasini kuchaytirish, yadroviy rivojlanish, shuningdek, “Ukraina va Gruziya hududida Rossiya ekspansiyasiga qarshi qarshilik koʻrsata oladigan kishilarni qurollantirish” shular jumlasidan.
“Bu roʻyxat birmuncha uzun. Bu roʻyxatga yana qoʻshimchalar qilishim ehtimoli yuqori”,- degan Pompeo.
“Bizning maʼmuriyatimiz prezidentning milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiyani mamlakatimizga tahdid sifatida atashini aniq tushunib olishi kerak. Bizning Rossiya bilan diplomatik aloqalarimiz murakkablashib boradi”,- deya qoʻshimcha qilgan u.