بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Va nihoyat AQSh yordamchilari Erdogan, Ruhoniy va Putinning yuzidagi maskasi tushdi
Amerika asosiy eʼtiborini Koreya va Xitoydagi krizisiga qaratishi uchun bu uchovlon uning oʻrniga Suriya rejimini saqlab qolish bilan band
Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari 2018 yil 4 aprel chorshanba kuni Anqarada uchrashishdi. Shundan soʻng ularning yakuniy bayonotlari nashr qilindi. Unda ayrim narsalar oshkora aytilib, ayrimlari oʻrab, yashirilgan boʻlsa-da, biroq ularning maqsadlari ochiq koʻrinib turibdi. Yaʼni, bu uchalasi Shom ahlining islomiy boshqaruvni tiklash harakatlariga qarshi turib, Suriyadagi Amerikaga malay rejimni saqlab qolishga jon jahdi bilan harakat qilishmoqda:
Misol uchun Erdogan aldov yoʻlini tutib keldi va hamon shunda davom etmoqda. U “Furot qalqoni” amaliyotiga jangchilarni safarbar qilib, ortidan Halabni zoye ketkazdi va rejimga topshirib yubordi. Shundan soʻng “Zaytun novdasi” amaliyotini boshlab, bunda ham jangchilarni Afringa safarbar qildi. Natijada Idlib janubini, uning ortidan esa, Sharqiy Gʻutani zoye ketkazdi. Erdogan jangchilarni Idlibga toʻplab boʻlguniga qadar bunday amaliyotlarni yana davom ettiradi. Keyin esa, ularni boshqa tarafga safarbar qilib, Idlibni ham zoye ketkazmoqchi.
Ruhoniy-Homanaiy haqida aytadigan boʻlsak, uning inqilob posbonlari va Livan Hizbidan tashkil topgan Suriyadagi yollanma jangarilari tekisligu togʻlarda kezib yuribdi. Ular Shom zolimini saqlab qolish uchun odamlarni qirgʻin qilishda bor kuchini ayamay sarflashyapti.
Putinga kelsak, uning Suriyadagi jinoyat va qirgʻinlarini har yerda koʻrib, eshitish mumkin. U bu jinoyatlarni amalga oshirishda Erdogan va Ruhoniyga oʻxshab aldov yoki bahona keltirib oʻtirgani yoʻq. Balki, bunaqangi aldovlarni – bor ovozi bilan oʻzlarining musulmon ekanini aytganlari uchun – anavi ikkalasi qoʻllamoqda. Putinning esa, bunga ehtiyoji yoʻq. Chunki u Islom va musulmonlarga ochiq dushmandir.
Bu uchovlon Suriyadagi Amerikaga malay ilmoniy rejimni saqlab qolish bilan band. Ular bor kuchlarini sarflab, Suriyada qirgʻin, jinoyat va vahshiyliklarni sodir etishyapti. Vaholanki, u yerdagi boshqaruvni oʻz nazorati ostiga olgan nufuz Amerika nufuzi ekanini yaxshi bilishadi. Buni bila turib, Amerika Sharqiy Osiyo, Shimoliy Koreya va Xitoydagi oʻzining krizislarini bemalol hal qilib olishi uchun uning oʻrniga ishlashmoqda. Agar ular aql yuritganlarida edi, bundan boshqacha yoʻl tutgan boʻlardilar. Biroq, shayton oʻz doʻstlari ustidan hukmrondir!
Agar iflos pul va tahdid-qoʻrqituvlar bilan oʻralgan “tayoq” va “shirinlik” siyosati natijasida oʻsha jinoyatchilarning ortidan yurgan guruhlar boʻlmaganida bu jinoyatchilar – ular oʻsha uchovlon boʻladimi yoki ularning ortida turgan Amerika boʻladimi hech bir farqsiz – qilgan jinoyatlari sabab oyoqlarida tura olmagan boʻlar edi. Agar oʻshalar boʻlmaganida bu jinoyatchilarning oyogʻi botqoqqa botib qolgan boʻlardi… Shunga qaramay, Hizb ut-Tahrir bu guruhlarga tushuntirishda va atrofda yuz berayotgan ishlarning asl mohiyatini koʻrsatishda oʻz mehnatini ayamadi. Biroq bu guruhlar jinoyatchilarning ortidan yurishlariga “ular bizni pul va qurol-yaroq bilan qoʻllab-quvvatlamoqda, Hizb esa bunga qodir emas, qolaversa Hizb faqat nasihat qiladi” deya bahona keltirishdi. Yana ular “nasihat qilich oʻrniga oʻtmaydi”, deb ham qoʻshimcha qilishdi. Aslida esa, oʻz qoʻllaridagi qilich ikki tomoni ham keskir ekanini bilmadilar. Chunki qilich ongli kishi qoʻlida boʻlsagina raqibning yomonligidan saqlay oladigan qalqon hamda dushmanni magʻlub qilishning kuchli vositasi boʻladi. Biroq u jinoyatchilarning qoʻllab-quvvatlovi ortidan yelib-yuguradigan va aldangan kishi qoʻlida boʻlsa, siniq-yoriq qalqon boʻladi. Shuning uchun uni koʻtargan kishi raqibini oʻldirishidan oldin oʻzi oʻldiriladi!
Bu guruhlar nasihatimizni rad qilib, foydasiz quruq gap deyishdi. Ular pul va qurol bilan yordam koʻrsatilishini xohlab, buni arab, turk va forslardan iborat xoin musulmonlardan topishdi. Qolaversa, ularning ayrimlari rossiyalik va amerikalik jinoyatchilardan ham mana shunday yordamlar olib, bu jinoyatchilardan olingan iflos pullar Shomni himoya qilib, jang qilishga toʻsqinlik qilmaydi, deb oʻylashdi… Biz ularga yuzlanib bunday deymiz: “Mana, qilgan ishingiz va aytgan gapingiz oqibatini koʻrib turibsizlar, hatto oʻz diyoringiz va farzandlaringiz oldidan ham quvildingiz”.
Shunday boʻlsa-da, Ummat – Allohning izni ila – hargiz magʻlub boʻlmaydi. Balki, gʻalaba va magʻlubiyat kunlari odamlar orasida aylanib turadi. Zero, Ummat salibchi va moʻgʻul tatarlar hujumida bunga oʻxshash va bundan ham qattiqroq sinovlarni boshdan kechirgan. Keyin yana qayta oyoqqa turib, ularni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlagan va yana qayta dunyoga hukmron boʻlgan…
Toʻgʻri, u paytda Islom hukmi ijro qilinib, garchi zaif boʻlsa-da Xalifalik mavjud edi. Shuningdek, dushmanga qarshi jang qilish, haqni roʻyobga chiqarish va botilni yoʻq qilish uchun musulmonlarni birlashtiradigan rahbari bor edi. Shuning uchun Ummat dushmanni magʻlub qilib, yana qayta oyoqqa turgan… Bugun esa, Islom hukmlari ijro qilinmayapti, Xalifalik ham yoʻq. Shunday ekan, jang qilish uchun musulmonlarni kim birlashtiradi? Bunday gaplarni kimdir aytishi mumkin va bu voqelikka berilgan toʻgʻri bahodir. Lekin, Allohning izni ila Xalifalikni barpo qilish uchun kuchli harakat ketmoqda va bu narsa musulmonlarning asosiy talabiga aylandi. Ular buni soʻzda va amalda koʻrsatmoqdalar. Musulmonlar Xalifalik bekor qilinishidagi til biriktiruv va jinoyatlar sahnasi boʻlgan oʻsha qora kunlarni, yaʼni 1342 yil rajab oyining 26, 27 va 28 kunlarini oʻzgartirish uchun harakat boshladilar. Ular ushbu qora kunlarni tugatib, yana qayta Xalifalik bilan munavvar boʻlgan porloq kunga aylantirish uchun harakat qilmoqdalar. Zero, bu ish Allohga aslo qiyin emas va u uchun muayyan bir kunni taqdir qilib qoʻygandir. Ana oʻshanda zolimlar, xoinlar hamda jinoyatchilar qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar.
Ey musulmonlar!
Suriyaga nisbatan jinoyatlarni sodir etgan bu uchovlonning kofirlari ham, munofiqlari ham Shom va uning ahliga qarshi qilgan jinoyatu qirgʻinlari bilan hargiz xotirjamlikka erisholmaydi, balki, ularga oʻzlari kutmagan tomondan azob keladi. Chunki avval ham, Shom ularning oʻtmishdoshlari tarafidan balo-sinovlarga uchragan va omon qolgan, ular esa, oʻlib ketishgan. Allohning izni ila yaqinda yana shunday boʻlajak.
إِنَّ اللهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا
“Albatta Alloh Oʻzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yoʻqdir). Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-oʻlchov qilib qoʻygandir” [Taloq 3]
Va nihoyat, kazarmalarida biqsinib yotgan musulmonlar armiyalariga aytar soʻzimiz: sizlarning ishingiz juda gʻalati. Agar hukmdorlar sizlarni musulmonlarni qirgʻin qilish uchun safarbar qilsa, buyruqlarini bajardingiz. Musulmonlar sizlarni yordamga chorlaganda esa, sustkashlik qilib, ularni yordamsiz tashlab qoʻydingiz, hatto murda kabi miq etmay turdingiz. Boshliqlaringizga itoat qilish dunyoda sharmandalik, oxiratda esa, alamli azobga olib boruvchi yoʻl boʻlishiga qaramay, ularga itoat qilishni bahona qilyapsiz. Holbuki, qiyomat kuni oʻzingizni himoya qilish uchun “biz xoʻjayinlarimizga itoat qilgan edik”, deb aytishingiz foyda bermaydi.
يَوْمَ تُقَلَّبُ وُجُوهُهُمْ فِي النَّارِ يَقُولُونَ يَا لَيْتَنَا أَطَعْنَا اللهَ وَأَطَعْنَا الرَّسُولَا * وَقَالُوا رَبَّنَا إِنَّا أَطَعْنَا سَادَتَنَا وَكُبَرَاءَنَا فَأَضَلُّونَا السَّبِيلَا
“Yuzlari olovda aylantiriladigan-kuydiriladigan kunda, ular: Koshki edi bizlar ham Allohga itoat etganimizda, paygʻambarga itoat etganimizda, derlar. Yana ular: Parvardigoro, darhaqiqat bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga boʻysundik, bas ular bizlarni (toʻgʻri) yoʻldan ozdirdilar, dedilar” [Ahzob 66-67]
Biroq, shunday boʻlsa-da, qilmishlaringiz kechirilishi uchun sizda imkoniyat bor. Buning uchun Allohning diniga yordam berib, zolim, munofiq va mustamlakachi kofirlarga bogʻlangan arqonni uzib tashlang hamda yer yuzida Islom hukmini qayta barpo qiling. Shoyad bu – sizlar uchun kafforat boʻlsa. Darhaqiqat, ushbu soʻzni aytgan Alloh haq-rost soʻzlaguvchidir:
وَإِنِّي لَغَفَّارٌ لِمَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا ثُمَّ اهْتَدَى
“Va men tavba qilgan hamda imon keltirib yaxshi amallar qilgan, soʻngra Toʻgʻri yoʻlga yurgan kishilarni magʻfirat qilguvchidirman” [Toha 82]
Biz butun musulmonlarga yana bunday deymiz: Allohning rahmatidan noumid boʻlmanglar. Shom kelgusida ham Shom boʻlib qoladi. Chunki u Islom diyorining markazidir. Ahmad oʻzining “Musnad”ida Jubayr ibn Nufayrdan shuni rivoyat qiladiki, ularga Salama ibn Nufayl bunday xabar qilgan: U Nabiy ﷺning oldiga kelganida, Nabiy ﷺ bunday deganlar:
“أَلَا إِنَّ عُقْرَ دَارِ الْمُؤْمِنِينَ الشَّامُ”
“Ogoh boʻlingki, moʻminlar diyorining markazi Shomdir”. Nuaym ibn Hammod “Fitnalar” kitobida Kasir ibn Murradan qilgan rivoyatda bunday deyiladi: Rosululloh ﷺ aytadilar:
“عُقْرُ دَارِ الْإِسْلَامِ بِالشَّامِ”
“Islom diyorining markazi Shomdir”.
Soʻzimiz yakunida aytamizki, Hizb ut-Tahrir oʻz ahlini aldamaydigan yetakchidir. U Ummat bilan birga va u orqali oʻz faoliyatini davom ettirar ekan, Allohning fazli ila haqda sobit turibdi. U oʻz fikrati va tariqatini shu paytga qadar oʻzgartirmadi va hargiz oʻzgartirmaydi ham. Chunki uning fikrat va tariqati haqdir.
فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَال
“Haqiqatdan keyin esa faqatgina yoʻldan ozish bor, xolos” [Yunus 32]
Hizb Robbisi bilan qudratli, dini bilan kuchlidir. U Allohning vaʼdasi oʻzining qoʻlida amalga oshishini Hakim, Aziz boʻlgan Allohdan yolvorib soʻraydi.
وَعَدَ اللهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan (imon-eʼtiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni vaʼda qildi” [Nur 55]
Shuningdek, Rosululloh ﷺning bashoratlari Hizb va uning aʼzolari hamda barcha musulmonlar uchun roʻyobga chiqishini ham Allohdan soʻraydi. Abu Dovud Tayolisiy Huzayfadan chiqargan hadisda Rosululloh ﷺ aytadilar:
“… ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“… Soʻng zolim podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”, shundan keyin Rosululloh ﷺ sukut qildilar. Shuningdek Ahmad ham quyidagi lafzda rivoyat qilgan: Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
“… ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”. Soʻng Paygʻambar ﷺ sukutga choʻmdilar.
Hizb Allohning nusrati kelishidan koʻngli xotirjamdir. Zero, nusrat paygʻambar va elchilargagina emas, balki sodiq moʻminlarga ham keladi. Nusrat oxiratdagina emas, balki dunyoda ham boʻladi.
إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ
“Albatta Biz paygʻambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir boʻlib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham nusrat-yordam berurmiz” [Gʻofir 51]
Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusratidan shodlanurlar. Jinoyatkor kimsalarga bu dunyoda xorlik, oxiratda esa, alamli azob yetajak. Alloh intiqom oluvchi, kuchli, qudratli, Hakim zotdir.
Hizb ut-Tahrir
12 rajab 1439h
5 aprel 2018m