Saudiya Arabistonida “Moʻʼtadil Islom” islohotlari davom etmoqda

1063
0

Saudiya Arabistonida “Moʻʼtadil Islom” islohotlari davom etmoqda

Saudiya arabistoni valiahd shaxzodasi Muhammad bin Salmonning mamlakatda moʻʼtadil Islom loyihasini keng miqyosda rivojlantirish tashabbusi jadal suratda davom etmoqda. Ushbu tashabbuslardan navbatdagisi mamlakat poytaxti Riyod shahrida “baloot” oʻyini sifatida tanilgan karta oʻyini uchun kazinolarning ochilishi boʻldi. Hatto bu oʻyinga targʻib qilish uchun, yaxshi oʻynagan karta sohibiga mukofot ham belgilandi. Birinchi darajali oʻyinchiga 500 000, ikkinchi darajali oʻyinchiga 250 000, uchinchi darajali oʻyinchiga esa, 100 000 Saudiya riyoli miqdorida mukofot qoʻyildi.

Shunisi eʼtiborga molikki, kazinodagi karta oʻyinlarida Kaʼbaning imomlaridan biri Adil al-Kalbaniy ham ishtirok etdi. Kaʼba imomining oʻyin stolida qoʻllarida karta bilan tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Shuningdek, biroz avval esa, davlat armiyasi vositasida Saudiyaning juda koʻp oʻquv yurtlaridan darslik kitoblari yigʻishtirib olindi va uning oʻrniga 35 milliondan ortiq  yangi kitoblar tarqatildi. 10 kun davomida maktab va madrasalardagi ikki yuz million kitoblarni almashtirilishi koʻzda tutilgan.

Xabarlarda aytilishicha, mutaxassis qoʻmita tarafidan yangi kitoblardagi Islomiy fikrlarga chuqur oʻzgartirish kiritilgan. Islom dinining juda koʻp jihatlari, hatto Xulafoi Roshidinlarning hayotlari haqidagi qissalar ham olib tashlangan. Jihod va qasos haqidagi oyatlar oʻrnini “bagʻrikenglik, hamjihatlik, tinchlik va totuvlik” nomli dasturlar egallagan.

Turkiston: 

Saudiya Arabistoni bir necha oʻn yillar mobaynida, oʻquv yurtlaridagi taʼlim programmasini jihodiy harakatlarni paydo qilish yoʻnalishi (programmasi) asosida olib bordi. Shuningdek, Saudiyadagi taʼlim yoʻnalishi, fiqhdan istinbot qilish uslublarini buzish yoki mazhablarni deyarli inkor qilish tomon yoʻnaltirildi. Talabalarga “Shia musulmonlarini hammasi kofir, ular yahudiylardan ham xavfliroq” degan tushuncha asosida taʼlim berildi.

 Oʻsha yillarda kufr olami xossatan AQSh va Angliya olamda jihodiy harakat va tashkilotlar paydo qilib borar edi. Inson tushunchasiga koʻra harakatlanishini eʼtiborga oladigan boʻlsak, Saudlar kufrning musulmonlararo urushlar paydo qiluvchi strotegik manfaatlarining bir qismi boʻlib xizmat koʻrsatib kelyapti! Bugungi kunga kelib olamiy siyosat strotegiyasi oʻzgarib, oʻzlari dastaklab kelgan barcha jihodiy harakatlarning koʻp qismi aynan oʻzlari tomonidan nishonga olina boshladi! Ularni qirib yuborishdan avval, ummatni shu qirgʻinga aqlan tayyorlab olishmoqchi! Saudlarning yangi taʼlim programmasi kufrning shu maqsadi tomon yoʻnaltirildi. Uni “moʻʼtadil, ananaviy…” deb nomlab olish bilan manosi oʻzgarmaydi. Kufr olami bilan hamkorlik qilayotgan musulmonlarning bu yoʻnalishining nomi bitta manoni anglatadi, u ham boʻlsa “xoinlik, osiylik”dir. Olloh saqlasin!  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.