Qirgʻiziston Oʻzbekistonga nota yubordi

920
0

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga nota yubordi

 Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi 7 aprel kuni oʻzbek-qirgʻiz chegarasida yuz bergan voqea munosabati bilan Oʻzbekistonga nota yoʻlladi. Bu haqda Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 “TIVga Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi elchisi chaqirtirildi, u hodisa haqida xabardor qilindi, unga roʻy bergan voqea tafsilotlari toʻgʻrisida maʼlumot berish iltimosi boʻlgan nota topshirildi”, – deyiladi xabarda.

 Vazirlikdan aytilishicha, rasmiy Bishkek “ushbu masalani nazoratda ushlab turibdi va ikki davlatning tegishli xizmatlari bilan aloqada”.

 Avvalroq Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati Oʻzbekiston chegarachilari Qirgʻiziston fuqarosiga oʻq uzishgani haqida xabar qilgan edi. Ushbu fuqaro hayotdan koʻz yumgan. Taʼkidlanishicha, ushbu holat boʻyicha surishtiruv ishlari boshlandi, hodisa roʻy bergan joyda Qirgʻiziston Davlat chegara xizmati boshqarmasi zobitlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat guruh ishlamoqda. Qirgʻiziston bosh vaziri Sapar Isaqov shanba kuni tegishli idoralarga “chegaradagi voqeani oʻzbek tomoni bilan birgalikda yaxshilab surishtiruvdan oʻtkazish” vazifasini topshirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.