Smirnov Hizb ut-Tahrir uyushmasini eng xavfli tashkilot deya sifatladi

636
0

Smirnov Hizb ut-Tahrir uyushmasini eng xavfli tashkilot deya sifatladi

2018 yil 5 aprel kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda boshlangan Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi yigʻilishida Hizb ut-Tahrir uyushmasiga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi. Bu haqida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ning birinchi oʻrinbosari Sergey Smirnov maʼlum qildi.

ShHT mintaqaviy aksil-terror tuzilmasining 32 majlisidan soʻng jurnalistlarga maʼlumot bergan general Smirnov Hizb ut-Tahrir Islomiy uyushmasi ShXTga aʼzo davlatlarning xavfsizligiga juda katta tahdid tugʻdiruvchi tashkilot ekanligini taʼkidladi va uning faoliyatiga qarshi kurashish uchun maxsus namunali ish tizimi yaratilganligini bildirdi.

“Hizb ut-Tahrir hatti-harakatlari va targʻibotlari jihatidan bizga koʻra oʻta xavfli tashkilotdir. Shuning uchun biz unga alohida eʼtibor qaratamiz. Lekin bu boshqa terroristik guruhlar bilan shugʻullanmasligimizni anglatmaydi”, dedi yigʻilishga raislik qilgan Simirnov.

Yigʻilish chogʻida Hizb ut-Tahrir Islomiy uyushmasiga qarshi kurash algoritmini yaratish haqida qaror qabul qilinganligini taʼkidlagan Simirnov “Bu vakolatli organlarning algoritmi, yaʼni u yoki bu davlatning maxsus razvedka xizmati algoritmidir”, deya qoʻshimcha qildi.

Smirnovga koʻra, ShHT mintaqaviy aksil-terror tuzilmasining ustida turadigan doimiy ishchi guruhi tashkil etilgan. Bu guruh ayrim mamlakatlarda (Hizb ut-Tahrir boʻyicha) faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlashda maxsus xizmatlarning ishlash usullari bilan shugʻullanadi. Roʻyxat tuziladi va bir yoki bir necha hududlarda muayyan shaxslar harakatlari ustidan tegishli maʼlumot bazalari yaratiladi

Yigʻilishda Rossiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Xitoy, Hindiston va Pokiston maxsus xizmatlarining mutasaddilari ishtirok etdi.

Turkiston:

Hizb ut-Tahrir Islomiy, siyosiy uyushmadir! Maqsadi, Islom dinini hayotga mabda (tuzum) sifatida qayta olib kelish!  Paygʻambarimiz Muhammad s.a.v.ning Makkadagi olib borgan faoliyatlari Islomni hayotga qaytarishning yagona tariqati boʻlganligi sababli Hizb ut-Tahrir oʻz faoliyati uchun shu tariqatni asos qildi! Shuning uchun Hizb (jamoa) sifatida har qanday moddiy harbiy faoliyatlar bilan shugʻullanishni inkor qiladi.

Tariqatga muvofiq, Islom hayotga Xalifalik davlati shaklida qaytib keladi. Xalifalik davlati esa, faqat ummat yoʻli bilan barpo etiladi. Faqat islomiy mabdaiy faoliyat olib borayotgan Hizb siyosiy va fikriy kurash olib borish bilan Ummatni uygʻota oladi. Toʻgʻri yoʻldagi siyosiy hizbgina, Ummatni oʻz zimmasidagi majburiyatini bajarish sari yetaklay oladi!

Kufr olami har xil islomiy quvvatlarni bir biriga qarshi yoʻnaltirish bilan va jamoatchilikda “har qanday islomiy uygʻunlashishda jamiyat uchun xavf xatar mavjud” degan fikrni uygʻotish bilan mabdaiy Islomga qarshi bilvosita matbuot urushi olib bormoqda. Islomiy yurtlar yetakchilarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olib, ular vositasida musulmonlarga zulm oʻtkazish, islomiy tashkilot va jamoalar nomidan qoʻporuv amaliyotlari uyushtirish… kabi uslublar bilan kurashib keladi. Ular shu kungacha Hizb ut-Tahrirni hatto salbiy obraz sifatida ham oʻz matbuotlari orqali namoyon etilishidan qattiq taqiqlab kelishdi. Negaki, hozircha jamiyatda faqat Hizb ut-Tahrir Islomni oʻz fikrat va tariqatiga bogʻlagan holda Mabda sifatida koʻtarib chiqmoqda. Demak yuqoridagi kabi kufr tashkilotlari xalqaro siyosat strotegiyasiga muvofiq, Paygʻambarimiz s.a.v. sunnatlari bilan sobit boʻlgan Islomiy tariqatga qarshi harakatda davom etishyapti. Ularning Hizb ut-Tahrir koʻtarib chiqayotgan islomiy mabdaiy mafkuraviy kurashiga qarshi qoʻllayotgan barcha unsurlari yaramay qoldi. Endi kufrning oʻzi bevosita Hizb bilan ochiq kurash maydoniga chiqishga majbur boʻlyapti. Buni, Hizbga qarshi ochiq matbuot vositasida va boshqa olamiy tashkilotlar vositasida kurash eʼlon qilinganidan bilib olsak boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.