AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo aloqalari keskinlashmoqda

741
0

AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo aloqalari keskinlashmoqda

 Xitoy hukumati Jahon savdo tashkiloti (JST)da AQShning poʻlat va alyuminiydan ishlangan xitoy mahsulotlariga nisbatan bir tomonlama xatti-harakatlaridan norozi ekanini bildirdi. Bu haqida XXR savdo vazirligi maʼlum qildi.

 Qoʻshma Shtatlar mamlakatda “Savdo-sotiqni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qonunning 232-moddasiga muvofiq “milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib” shunday yoʻl tutgani qayd etilgan.

 “Vashingtonning bunday xatti-harakatlari umumjahon miqyosida qabul qilingan koʻp tomonlama savdo aloqalarining tolerant tamoyillariga zid keladi, JST qoidalarini jiddiy buzish hisoblanadi, shuningdek AQShning savdo toʻsiqlarini kamaytirish boʻyicha majburiyatlariga rioya qilmayotganidan dalolat beradi. Xitoyning oʻz manfaatlarini teng huquqli himoya qilishdan boshqa chorasi qolmadi”, – deyiladi idora rasmiy saytida chop etilgan bayonotda.

 Chorshanba kuni Pekin JSTga AQShning 301-modda (1974 yilgi savdo-sotiq toʻgʻrisidagi qonun)ga muvofiq xitoy importiga toʻlovlar kiritishi boʻyicha tegishli xalqaro tashkilotlarga rasmiy ariza berib, murojaat qilgandi.

 3 aprel kuni Vashington va Pekin oʻrtasidagi savdo aloqalari keskinlashuvining yangi bosqichi qayd etildi. Amerika prezidenti Donalьd Tramp maʼmuriyati qoʻshimcha 25 foizli toʻlovlar kiritiladigan Xitoy mahsulotlari roʻyxatini eʼlon qildi. Bunga javoban XXR davlat kengashi qoʻshimcha 25 foiz toʻlov kiritiladigan 106 turdagi Amerika mahsulotlari roʻyxatini taqdim etdi. Javob choralarining kuchga kirishi toʻgʻridan-toʻgʻri AQSh tomonidan Xitoyga nisbatan rejalashtirilgan qoʻshimcha toʻlovlarning kiritilishiga bogʻliq.

 Savdo-sotiqni kengaytirish toʻgʻrisidagi qonunning 232-moddasi AQSh prezidentiga “milliy xavfsizlik manfaatlari yoʻlida” boshqa davlatlarga nisbatan savdo toʻsiqlarini oʻrnatish imkonini beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.