“Anʼanaviy Islom” haqida savolga  javob

1062
0

“Anʼanaviy Islom” haqida savolga  javob

Assalamu Alaykum Turkiston sayti xodimlari. Sizlarga “Anʼanaviy Islom” haqida savol bermoqchi edim.

Savol: Bugun kufr olami Islom va Musulmonlar bilan kurashish uchun “Ananaviy Islom” loyihasini tiqishtirmoqda. Bu bilan Islom Ummatini chalgʻitib, zaharlab, Ummatni ikkiga boʻlib, bir biriga karshi koʻyish rejasi asosida ish olib borishmoqda. Maqsadlari toʻgʻri Islomga chaqiruvchilarni xalq bazasidan ajratib tashlashdir. Anʼanaviy Islomni voqesini tiniqroq tushuntirib beringlar? Toki musulmonlar bu zaharli ogʻudan ogoh bulishsin?

Va alaykum assalom

Javob:  “Moʻʼtadil (anʼanaviy) Islom” olamiy kufr sistemasining, mabdaiy Islomga qarshi navbatdagi loihasidir. Mabdaʼiy Islom – oʻzidan fikrat va tariqat kelib chiqadigan aqliy aqidadir. Islomiy fikrat – hayotimizda uchraydigan barcha muammolar uchun Olloh tomonidan berilgan yechimlardir (sharʼiy hukmlar bayonidir). Islomiy tariqat – fikratni hayotimizda mavjud boʻlib turishini kafolatlovchi sharʼiy hukmlar bayoni. Yaʼni, jamiyatdagi barcha nosharʼiy hatti harakatlarni, sharʼiy hukmlar asosida bartaraf qilib borish uchun, Olloh tomonidan belgilab berilgan sharʼiy hukmlar bayonidir. Shuningdek Islomni hayotga qaytarish yoʻlini belgilab berish uchun bayon qilingan sharʼiy hukmlar ham tariqatdandir.

Islomni quruq fikrat yoki quruq tariqat sifatida koʻtarib chiqib boʻlmaydi. Chunki har bir fikratni albatta biror tariqatga bogʻlash kerak. Aks holda jamiyat paydo boʻlmaydi. Yaʼni, odamlar oʻrtalaridagi aloqalar qaysidir fikratga muvofiq shakllantiriladi. Shakllangan fikrat esa, biror tariqat asosida himoya qilinishi kerak. Masalan, odamlar oʻrtasida oʻgʻirlik kabi jinoyat sodir boʻlsa, kufr fikratlari ham, islomiy fikrat ham bu jinoyatni qoralaydi va uni jamiyatdan bartaraf qilish kerak boʻlgan unsur deb baholashadi. Oʻgʻriga nisbatan koʻrilishi kerak boʻlgan jazo choraning bayoni esa, sharʼan harom boʻlgan bu jinoyatga nisbatan koʻrilayotgan nosharʼiy kufr tariqatiga murojat qilishga undaydi. Demak muammo jinoyatga nisbatan munosabatdan emas balki uni jamiyatdan bartaraf qilish tariqatidan kelib chiqayapti. “Moʻʼtadil Islom”, kufr tomonidan aynan shu maqsad bilan ishlab chiqildi.

Shunga koʻra, “moʻʼtadil Islom” mabdaʼiy Islomga qarshi shakllanib borayotgan kufr loihasidir. U shaxslar yoki hizblar va jamoʼalarga qarshi ishlab chiqilgan emas, balki aynan Islomga qarshi uyushtirlayotgan ulkan kufr loihasi! Uning “ananaviy Islom” degan nomi ham shunga dalolat qiladi. Bu loiha, qariyb bir asr kufr qoʻli ostida shakllanib, urf (anʼana)ga aylanib qolgan Islom ummatining kufrga itoatkorlik holatini saqlab qolish, uni islomiy mabdaʼiy inqilobiy oʻzgarib borishini oldini olish maqsadida ishlab chiqildi. Baʼzi islomiy shaxs yoki jamoalar kufr nayranglariga aldanib, goʻyoki biror hizb yoki islomiy jamoalarning biror feʼli yoqmayotganini roʻkach qilib, unga qarshi kurash olib bormoqda. Kufr sistemasi unga moliyaviy va boshqa yordam va sharoitlar paydo qilib beryapti. Aslida u Islom mabdaʼsiga qarshi kurashyapti. “Moʻʼtadil Islom” loihasi bu hizb, tashkilot yoki biror jamoʼa emas, u kufr fikriy yetakchiligi yoʻnaltirib borayotgan fikriy robitadir. Uning vazifasi, ummatni kufrga itoat qilishini jamiyat orasida sabr deb bayon qilib, kufr va buzuqchiliklarga beparvo, taqvosiz va juratsiz musulmonlar muhitini saqlab qolish va kuchaytirishdan iborat. Shuning uchun biz musulmonlar kufrning bu loihasiga “men aʼzo emasman” deb xotirjam boʻlishimiz mumkin emas. Chunki unga hech kim rasman aʼzo boʻlmaydi. Faqat olib borayotgan ish harakatlarimiz, daʼvat va kurashlarimizni taftish qilib borishimiz zarur. Bilib yoki bilmay Islomiy mabdaga qarshi olib borayotgan har bir harakatimiz kufrning “moʻʼtadil Islom” loihasiga xizmat qiladi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.