Gʻarb davlatlari Rossiyani yakkalab qoʻymoqda

782
0

Gʻarb davlatlari Rossiyani yakkalab qoʻymoqda

Sobiq rus agenti Sergey Skripal va qizi Yuliyaning Britaniyada zaharlanishi oqibatida Moskva – London oʻrtasida boshlangan diplomatik keskinlik yuzasidan gʻarb dunyosi Buyuk Britaniyani qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirmoqda. AQSh 60 nafar Rossiya diplomatini badargʻa qilib, Rossiyaning Siyetldagi konsulligini yopishga qaror qildi. Britaniya 23 nafar, Yevropa Ittifoqi 30 nafardan ortiq rus diplomatini surgun qildi. Kuni kecha Avstraliya bosh vaziri Malkolьm Ternbull ham Avstraliyadagi ikki rus diplomatidan yetti kun ichida Avstraliyani tark etishni talab qilganligini maʼlum qildi. Bundan tashqari Ukraina 13 nafar, Kanada 4 nafar, Avstraliya 2 nafar  va Albaniya 2 nafar Rossiya diplomatini deportatsiya qilishga qaror qilgan.

Skripal ishi doirasida Yevropa davlatlari tamonidan qabul qilingan diplomatik chora-tadbirlarga NATO ham ishtirok etishi maʼlum qilindi. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning NATO doimiy vakilligidagi diplomatlar sonini 30tadan 20taga kamaytirishga qaror qilganligini eʼlon qildi.

“Bugun men 7 Rossiya vakilining akkreditatsiyasini bekor qildim. Bundan tashqari Rossiyaning uchta diplomati uchun qilgan akkreditatsiya arizasini tasdiqlamadim”, dedi Stoltenberg.

Ruslar bilan mazmunli muloqot davom etishini bildirgan Stoltenberg oʻzining yuqoridagi qarori bilan Rossiyaga “qilgan ishining javobi” borligini bildirib qoʻyganligini aytib oʻtdi.

“Bizning harakatlarimiz barcha ittifoqchilarimiz tarafidan tilga olingan xavfsizlik bilan bogʻliq tashvishlarni jiddiy aks ettiradi. Bu harakat Rossiyaning harakatlariga munosabat bildirishga nisbatan kelishilgan doirada xalqaro harakatlarning bir qismidir”, deya qoʻshimcha qildi Stoltenberg.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.