Yahud vujudi va Saudiya oʻrtasidagi maxfiy uchrashuvlar davom etmoqda
Yahud vujudi va Saudiya Arabistoni rasmiylari Misr hukumatining vositachiligida Qohirada bir qator yashirin uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu haqida oʻz nomini oshkor qilishni istamagan Falastin maʼmuriyatining vakillaridan biri Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli “Khaleej Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Falastin maʼmuriyati rasmiysining maʼlum qilishicha, (Isroil), Saudiya va Misr delegatsiyalari Qohiradagi hashamatli mehmonxonalardan birida uchrashib, mintaqaga oid masalarni, xususan Qizil dengiz mintaqasi bilan bogʻliq iqtisodiy masalalarni koʻrib chiqqan.
“(Isroil) va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi iliq munosabatlar Falastin maʼmuriyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda va falastinliklarga zarar yetkazmoqda. (Isroil) ularning nazarida hech qanday dushman emas.”, deydi rasmiy.
Avvalroq (Isroil) bosh vaziri va energetika vaziri Saudiya hukumati bilan yahud vujudi oʻrtasida maxfiy muzokaralar oʻtkazilganligi va oʻzaro munosabatlarning rivojlanib borayotgani haqida maʼlum qilgan edi.
Arab davlatlari ichida faqat Misr va Iordaniyaning yahud vujudi bilan rasmiy diplomatik aloqalari mavjud. Biroq, (Isroil) bosh vaziri Benyamin Netanyahu yahud vujudining barcha Arab davlatlari bilan samarali hamkorlik qilayotganligini, ammo bu hamkorliklar doimo sir tutib kelinishini bidirgan edi.
Ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga koʻra, yahud vujudi va Saudiya Arabistoni soʻnggi bir necha oy ichida yashirin muzokaralar oʻtkazishi bilan bir qatorda ayni paytda oshkoro rasmiy aloqalar oʻrnatishni maqsad qilmoqda.