Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanktsiya qoʻllayotganini aytdi

695
0
AppleMark

Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanktsiya qoʻllayotganini aytdi

 Amerikaning sanktsiyalari AQSh prezidentligi saylovlariga “afsonaviy aralashuvlar” bilan bogʻliq emas, balki Rossiyani rivojlanishini toʻxtatishga urinishdan kelib chiqmoqda, dedi Vladimir Putin NBC telekanali Megin Kelliga bergan intervьyusida. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

“Sanktsiyalar Rossiya tomonidan AQShdagi saylovlarga allaqanday afsonaviy aralashuvlar bilan mutlaqo bogʻliq emas. Sanktsiyalar mutlaqo boshqa narsa – Rossiyaning rivojlanishini toʻxtatish, Rossiyani tutib turish istagi bilan bogʻliq”,- dedi Putin.

U tutib turish siyosati davriy xarakter kasb etganini va oʻn yillardan buyon davom etayotganligini taʼkidladi. Putinning fikricha, bu nafaqat ikki mamlakat munosabatlariga, balki Amerika biznesiga ham zarar yetkazadi.

“Siz bilan Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda boʻlgandik. Biznes vakillaridan iborat eng katta delegatsiya AQShdan edi. Odamlar biz bilan ishlashni istashmoqda, lekin Rossiyani tutib turish uchun ularga ishlash imkonini berishmayapti”, – degan Putin.

Fevral oyi boshida AQSh Milliy razvedkasi rahbari Deniyel Kouts Vashington Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar paketini maʼqullaganini bildirgandi. Unga koʻra, AQSh Moliya vazirligi ushbu haftada navbatdagi moliyaviy cheklovlar roʻyxatini eʼlon qilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.