Oʻzbekiston va AQShning tahliliy markazlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

895
0

Oʻzbekiston va AQShning tahliliy markazlari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

 Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) va AQSh tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (CACI) hamkorlik haqidagi memorandumni imzoladi.

 Taʼkidlanishicha, oʻzaro manfaatli sohalarda tomonlar ilmiy hamkorligini oʻrnatishni koʻzda tutuvchi hujjat SMTI direktori Vladimir Norovning CACI direktori S. Kornell bilan Vashingtondagi uchrashuvida imzolangan.

 Uchrashuv davomida ikki tashkilot oʻrtasida aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari boʻyicha fikrlar almashilgan.

 Kornell Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan tashqi siyosat Vashington va Toshkent oldida oʻzaro manfaatli va koʻp yoʻnalishli hamkorlikni kengaytirish uchun yangi istiqbollar ochishini taʼkidlab oʻtgan.

 Tomonlar ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar va xalqaro rivojlanish hamda mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari boʻyicha davra suhbatlari tashkillashtirishga kelishib olganlar.

 CACI Vashingtonning Markaziy Osiyo boʻyicha yetakchi tahliliy markazi hisoblanadi. Shu bilan birga institut sobiq ittifoq davlatlari hamda Turkiya va Xitoy siyosatini oʻrganish boʻyicha faol tadqiqot ishi olib boradi.

 Uchrashuv yakunlariga koʻra tomonlar Oʻzbekiston va AQSh tahliliy markazlarining yaqindan hamkorligi ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi umumiy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun samarali mexanizmga aylanishini taʼkidlab oʻtganlar.

Turkiston: 

AQShda deyarli dunyoning barcha davlatlari ustidan ish olib boradigan tahliliy institut markazlari mavjud. Ular har bir mamlakat rahbarlari, yetakchi guruhlar, xalq mintaliteti, diniy muhit va muxolif kuchlarning quvvati va sharoitlarini oʻrganib borishadi. Shuningdek bu institutlar muayyan davlatlarda AQSh shakllantirishi kerak boʻlgan eng manfaatli yoʻnalishlar loihalarini chizib berishadi.

Lekin AQShdagi bu tahliliy institutlar faqat AQShning manfaati asosidagina ish olib borishadi. Demak ular bilan hamkorlik qilish, yaʼni AQSh belgilab berayotgan tahlillar asosida ish olib borish, oxir oqibatida albatta faqat AQShning manfaatini roʻyobga chiqaradi. Bu holatni tarixda ham va hozirgi voqeda ham kuzatish mumkin. Masalan, Asad rejimining bugungi holati, Kazzofiy va Saddam Husaynning inqirozlari, oʻz jiyanlarining qotiliga aylangan Saudiya qirolligi… va hokazo aynan AQShning tahliliy markazlari koordinatorlarining maslahatlari bilan amalga oshirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.