Endi Saudiyada AQShning Jazz kuy-qoʻshiqlarini tinglash haloldir

817
0

Endi Saudiyada AQShning Jazz kuy-qoʻshiqlarini tinglash haloldir

Saudiya Arabistonida AQShning siyosati oʻz taʼsirini oshkoro koʻrsata boshladi. Davlat bosh muftiysi Shayx Abdul-Aziz Oli Shayx Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Jazz” kuy-qoʻshiqlarini tinglashga ruxsat berdi.

Shu paytgacha Saudiya Arabistonida bunday kuy-qoʻshiqlarini tinglash harom deb fatvo berilgan edi. Biroq Shayx Abdul-Aziz Oli Shayxning maʼlum qilishicha, musiqani taqiqlash uchun avvalgi ulamolar keltirgan dalillar va bu xususda ular tayangan hadislarning sanadlari zaifdir. Bosh muftiga koʻra, “Jazz” musiqa turi harom emas va u oʻyin-kulgi davralaridan biri hisoblanmaydi, chunki u musiqa musulmon arab tushunmaydigan ajnabiy tilda yangraydi.

Soʻngi xabarlarda aytilishicha, “oʻyin-kulgi” markazi boshchiligida Saudiya poytaxti Riyodda payshanba oqshomida birinchi koʻngilochar “Jazz” festivali boshlanadi. Mamlakatda oshkoralik siyosati doirasida oʻtkazilayotgan mazkur festival 3 kun davom etadi.

Taʼkidlab oʻtish lozimki, Saudiya Arabistonidagi “oʻyin-kulgi” markazining rasmiy sayti Saudiyaning Jidda shahrida birinchi opera uyi tashkil qilish ustida ish boshlanganligi haqida maʼlum qildi. “Oʻyin-kulgi” bosh hayʼatining raisi Ahmad bin Uqayl al-Xatibning soʻngi kunlarda bergan bayonotiga koʻra, Saudiya Arabistoni keyingi oʻn yil mobaynida koʻngilochar sohani rivojlantirish uchun qariyb 240 milliard riyal  (65 milliard dollar) miqdorida mablagʻ yotqizadi. Bu mablagʻ davlat va xususiy sektorlardan yigʻib olinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.