Rossiya soʻnggi rusumli harbiy texnologiyalarni Suriyada sinovdan oʻtkazmoqda

0
994

Rossiya soʻnggi rusumli harbiy texnologiyalarni Suriyada sinovdan oʻtkazmoqda

Rossiya parlamentining mudofaa qoʻmitasi raisi Vladimir Shamanov Rossiya 2011 yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan urushda 200dan ortiq yangi qurolini sinovdan oʻtkazganligini maʼlum qildi. Biroq u Suriyada sinovdan oʻtkazilgan qurollarning aniq turlari haqida maʼlumot bermadi.

“Biz doʻstimiz Suriyani qoʻllab-quvvatlashda 200dan ortiqroq yangi qurolni sinovdan oʻtkazdik. Bir qancha davlatlar, hatto biz bilan ittifoqdosh boʻlmagan davlatlar ham qurol sotib olish uchun bizga kelayotgani bejiz emas. Bugungi kunda harbiy sanoat majmuamiz bizni gʻururlantiradigan darajaga yetdi.”, dedi Shamanov.

Xabarlarda aytilishicha, Rossiya Suriyada SU-57 rusumli beshinchi avlod harbiy samolyotlaridan foydalangan. Ushbu samolyotlarining fotosuratlari rus ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etildi. Nomi oshkor qilinishini istamagan Rossiya Mudofaa vazirligi vakilining bildirishicha, ehtiyoj boʻlganda sinovdan oʻtkazish uchun ushbu SU-57 rusumli samolyotdan ikkitasi “Himaym” aerodromiga yuborilgan. Biroq Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov SU-57 rusumli samolyot Suriyada ishga solinishi haqida bayonot berishdan bosh tortdi.

Ayni paytda Rossiyaning Sharqiy Gʻutada uyushtirgan havo hujumlari natijasida son-sanoqsiz tinch fuqarolar, jumladan begunoh ayol-bolalar vahshiyona tarzda oʻldirilmoqda. Suriya Inson huquqlari observatoriyasi soʻnggi besh kun ichida amalga oshirilgan havo hujumlarida Damashqdan 10 kilometr uzoqlikda Sharqiy Gʻutada 403 kishi, jumladan 95 nafar yosh bola qatl etilganini eʼlon qildi. Sharqiy Gʻuta mintaqasi Ostonada kelishilgan “Xavfsiz mintaqa” regioniga kiradi. Shunday boʻlishiga qaramay, “Xavfsiz mintaqa” xavfsizligini oʻz zimmasiga olgan Turkiya ham va boshqa davlatlar ham Rossiyaning bu qirgʻiniga sukut saqlashni

Izohlar yo'q