Jon Kerri: Eron bilan shartnoma bekor qilinsa, unga bomba tashlashga toʻgʻri keladi

881
0

Jon Kerri: Eron bilan shartnoma bekor qilinsa, unga bomba tashlashga toʻgʻri keladi

 AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri Eron atomi boʻyicha shartnoma bekor qilinsa, harbiy ziddiyat yuzaga keladi deb hisoblaydi.

 “Agar biz Eron boʻyicha shartnomani bekor qilsak, ularga bomba tashlashni boshlashimiz kerak boʻladi, biz esa buni istamaymiz”, – dedi Kerri Myunxendagi 54-Xavfsizlik konferentsiyasida chiqish qilar ekan.

 U yadroviy dasturiga doir kelishuvga qaramay, Eron 10 yildan keyin yadroviy qurolni qoʻlga kiritadi deb hisoblovchi Isroil vakillarining bayonotlarini qoʻllab-quvvatlamasligini qoʻshimcha qildi.

 “Bu toʻgʻri taxmin emas va men uni qoʻllab-quvvatlamayman”, – degan Kerri “Eron xavf tugʻdirishi mumkinligi hamda yadroviy dastur boʻyicha baʼzi masalalar koʻrilmay qolib ketgani”ni qoʻshimcha qildi, masalan, inson huquqlariga rioya qilish masalasi.

 2015 yilning 14 iyulida Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” (RF, AQSh, Buyuk Britaniya, XXR, Frantsiya, Germaniya) oʻrtasida Eron atomi bilan bogʻliq koʻp yillik muammolarni tartibga keltirish toʻgʻrisidagi tarixiy shartnoma imzolangan. AQShning hozirgi maʼmuriyati shartnomani qattiq tanqid qiladi va uni mamlakatning “eng yomon shartnomasi” deb atab, undan chiqish bilan tahdid qilmoqda.

 Atom energiyasi xalqaro agentligi har chorakda Eron oʻz majburiyatlarini qoldirmay bajarayotgani haqida hisobot bermoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.