Qozogʻistonning tashqi qarzi 168,9 mlrd dollarga yetdi

1162
0

Qozogʻistonning tashqi qarzi 168,9 mlrd dollarga yetdi

 Qozogʻistonning tashqi qarzi soʻnggi 10 yil ichida 74,6 mlrd dollarga oshib, 2017 yil 1 oktyabrь holatiga koʻra 168,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Qozogʻiston Milliy banki maʼlumotlariga koʻra, tashqi qarzlarning oʻsishi, asosan, xorijiy kompaniyalar filiallari tomonidan mamlakat hududida neftь-gaz loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan firmalararo qarzdorlikning oʻsishi hisobidan yuz berdi (+76,7 mlrd dollar).

Shuningdek, iqtisodiyotning moliyaviy boʻlmagan sektori (+26,2 mlrd dollar) va hukumatning (+10,8 mlrd dollar) yevrobondlarni chiqarish hamda kreditlarni jalb qilish tufayli tashqi qarzlari koʻpaygan.

Milliy bankning tashqi majburiyatlari deyarli oʻzgarishsiz qoldi, mamlakat tashqi qarzi hajmidan oʻrtacha 0,6%ni tashkil etdi.

Turkiston:

Qozogʻiston respublikasini iqtisodiy jihatdan Rossiya, AQSh, Xitoy va Yevropa davlatlari qoʻllab turibdi. Rossiya bilan uning oʻrtasidagi chegaralar deyarli olib tashlangan. Bojxona ittifoqiga aʼzoligi sababli Qozoq-Rus  chegarasi Rossiya nazorati ostida. Xalqining yashash darajasi  yuksalib boraverishi bilan Qozogʻiston iqtisodi darz ketishi  mumkin. Bu esa Qozogʻiston iqtisodi tashqi katta davlatlardan keladigan investitsiya va yordam asosiga  qurilganini anglatadi. Demak Qozogʻiston iqtisodi dunyo sistemasining barqarorligi, iqtisodiy va siyosiy  krizislardan xoli turishiga bogʻliq. Aks holda qozoq hukumati byudjet kamomadlarini yopishdan ojiz qolishlari aniq. Xalqaro siyosat tomonidan Qozogʻiston singari davlatlarning byudjet kamomodlarining toʻldirib turilishi esa, oʻsha davlat rahbarlarining xoinliklari yoki iqtisodiy gumroh ekanliklari evaziga amalga oshiriladi. 

 Chunki bu yordamning kelmay qolishi davlatning ustidagi muammolarini oʻzlari yechishiga majburlaydi. Shunda har bir mustamlaka davlat oʻzidan chiqadigan xom ashyolarni qayta ishlash  uchun stanoksozlik, yaʼni ogʻir sanoatni yoʻlga qoʻyishga kirishadi. Shuning uchun dunyo iqtisodini globallashtirgan katta  kapitalislar hatto siyosiy kelisha olmaydigan davlatlarining ham byudjet kamomadlarini toʻldirib turishadi. Lekin qarzga botirish orqali bechora zaif davlatlarni Qirgʻiziston singari holatga olib  kelishib, yaʼni sanoatlasha olmaydigan darajadagi holatga tushirib, oʻsha qarzlarini talab qilish bilan bosim oʻtkazishga  oʻtishadi. Aslida olingan qarzlar miqdoricha pullarni topish, agar oʻsha kapitalist mustamlakachilar aralashishmasa, juda oson. Buning yechimi faqat sanoatlashish bilan boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.