Yahudiy professor: Yaqin kelajakda dunyo taqdirini islomchilar belgilaydi

734
0

Yahudiy professor: Yaqin kelajakda dunyo taqdirini islomchilar belgilaydi

Yahudiy professor Tzipi Safer Arab olamidagi hukumatlarning boshqaruvda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tufayli kelgusi davrda bu mamlakatlarning barchasi islomchilar boshqaruvi ostiga oʻtib ketishini bildirdi. “Emame” veb saytining 28 yanvar kuni tarqatgan xabariga koʻra, Yahudiy professor 26 yanvar kuni yahudiy 12 kanalga bergan intervьyusida, yaqin kelajakda barcha masalalarni islomchilar hal qilishini taʼkidladi.

“Arab olamidagi hukumatlar boshqaruv tizimida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tufayli yaqin kelajakda bu mamlakatlarning barchasi islomchilar boshqaruvi ostiga kirishi oʻzgarish toʻlqiniga sahna boʻladi. Bu oʻlkalar islomchilar tomonidan nazorat qilinadigan yerlar sifatida birlashadi. Bu birlashishning muvaffaqiyati esa, Islom imperiyasining yacheykasini tashkil qiladi”, dedi taniqli yahudiy professor Tzipi Safer.

Shuningdek, yahudiy professor Isroil va Gʻarbni IShIDning magʻlubiyati bilan bu xatardan qutilish borasida ogohlantirib, kelajakdagi oʻzgarish toʻlqinlari Islomiy kuchlarga yuzlanishi bilan yakunlanishiga ishora qildi. Uning taʼkidlashicha, hozirgi barcha islomiy tashkilotlar haqida avval yoʻl qoʻyilgan xatolar eʼtiborga olinishi lozim. Chunki kelajakda bu muammolarni hal qilish uchun oʻtganlardan ibrat olish kerak boʻladi.

“Ushbu stsenariyni amalga oshirishning ortida yotgan eng kuchli manba islomchilarning oʻz maqsadlarini amalga oshirish xususida qatʼiyat bilan turishlaridir. Ular ega boʻlgan ushbu azmu-qaror Amerikani dunyodan qoʻlini tortishiga va ortga chekinib oʻz qobigʻiga oʻralib olishga majbur qiladi”, deya taʼkidladi Tzipi Safer.

“Amerika qisqa vaqt ichida tashqi rollarini va oʻyinlarini toʻxtatadi. Chunki ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri birinchi marta Islom imperiyasining oldidagi doira kengaydi”, deya oʻz taxminlarini ilova qildi Yahudiy professor.

Unga koʻra, Amerikaning choʻkish belgilari koʻrina boshlagani eʼtiborga olinsa, yahudiylar boshqalarning yordamisiz oyoqda tura olmaydi. Bu yordamlar uzulib qolganda, yahudiylar eng yirik harbiy Arsenalga ega boʻlishiga qaramay, hech narsa qila olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.