Oʻzbek-afgʻon xavfsizlik komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi

1210
0

Oʻzbek-afgʻon xavfsizlik komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi

“Sputnik” nashrining xabar qilishicha, Oʻzbekiston poytaxtida 10 fevral kuni oʻzbek-afgʻon qoʻshma komissiyasining xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan majlisi boʻlib oʻtdi.

Komissiya tarkibiga ikki mamlakat Xavfsizlik kengashlari, kuch tizimlari hamda huquqni saqlash organlari vakillari kirgan.

Tomonlar terrorizm va ekstremizm,  qurol-yarogʻ savdosi, narkotik moddalar noqonuniy savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash istiqbollarini muhokama qilishdi.

Majlis ishtirokchilari Afgʻonistondagi tinchlik, rivojlanish va xavfsizlik hamda Markaziy Osiyodagi uzoq muddatli barqarorlik orasida yaqin bogʻliqlik borligini qayd etishdi.

Markaziy Osiyoni tinchlik, hamkorlik va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish maqsadida, Afgʻoniston muammosini hududiy hamkorlikni kengaytirish va siyosiy-diplomatik uslublar yordamida hal qilishning muhimligi taʼkidlandi.

 Maʼlumki, mart oyida Toshkentda Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

Turkiston:

Biz avvaldan taʼkidlab kelayotganimizdek AQSh, Suriya va Iroqdagi “IShID” tashkilotining bir qismini Avgʻonistonga koʻchirib olib oʻtayotgani oʻz isbotini topib boryapti.

AQSh dunyoni oʻz taʼsiri ostida ushlab turish maqsadida, mintaqalarda kuchlar balansini paydo qiladi. Har ikkala tarafni, yaʼni bir biriga qarama qarshi tomonlarni teng dastaklab boradi. Masalan:  Yaqin Sharqda Arab mamlakatlarini qoʻrquvda ushlab turish maqsadida, “isroil” yahud vujudini har tomondan dastaklab keladi. Yahudiylarga qarshi bir vaqtlar “Hamas”jangarilaridan foydalangan boʻlsa, keyinroq Saddam rejimidan foydalandi, hozirda esa Eronni vahimali “ola boʻji” sifatida saqlab kelyapti. Shimoliy Kareyani atayin Janubiy Kareya, Yaponiya va Xitoy uchun yashirincha dastaklab kelyapti. AQSh maxsus guruhlari bir necha oʻnlagan yillar “Al Qoida” guruhi nomidan olam boʻylab qoʻporuv ishlarini olib bordi. Hozirda, uning oʻrniga “IShID” nomidan dunyo boʻylab vahimali qalbaki “islomiy jinoyatlar” uyushtirib kelyapti! Kufr sistemasi sharoit yaratib berayotgan olamiy mustamlakachilarning bu strotegik amaliyotlari dunyo siyosatchilari uchun sir emas!

AQSh Avgʻonistonda “Tolibon” jangari harakatiga qarshi “IShID” jangari tashkilotini tayorlab boryapti. Bu urush faqat musulmonlar oʻrtalarida boʻlishi bilan bir qatorda, AQSh uchun yana bir qancha mintaqaviy strotegik manfaatga ega! U Avgʻonistonda urush vahimasini paydo qilish bilan, u yerda va unga qoʻshni boʻlgan mamlakatlarda oʻzining harbiy va siyosiy taʼsirlarini kuchaytirib olmoqchi. Buning bilan Xitoyning shimoliy gʻarbiy tomonida oʻzining harbiy bazalarini va qalbaki “islomiy jangarilar” guruhlarini kuchaytirib oladi.

Albatta Avgʻonistonda AQSh tomonidan uyushtirilib borayotgan bu jarayonlar, Oʻzbekiston xukumatini xavotirga solmay qoʻyishi mumkin emas. Bundan tashqari Oʻzbekiston Avgʻoniston infrastrukturasini qolipiga keltirish yoʻlida katta xarakat va sarf xarajatlar qilib keladi. Shuningdek, Oʻzbekiston uchun jangari xarakatlarga bufer xududi vazifasini oʻtash maqsadida atayin paydo qilingan geniral Dostum armiyasini xam moliyaviy, xarbiy va boshqa xar tomonlama dastaklab boradi. Demak Oʻzbekistonni, Avgʻonistonda borayotgan jarayonlar qattiq xavotirlantiradi. 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.