AQSh sanktsiyalar roʻyxatini yana kengaytirdi

973
0

AQSh sanktsiyalar roʻyxatini yana kengaytirdi

 AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan bogʻliq sanktsiyalar roʻyxatini kengaytirganini xabar qildi. Xususan, faoliyatiga turli cheklovlar kiritilgan kishilar roʻyxatiga Rossiya dastagidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining 10 ta vazirlari ismlari hamda Sevastopolь shahri meri Dmitriy Ovsyannikov ham kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

 “Ushbu sanktsiyalar Ukraina hududining yagonaligi buzilishga sababchi boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarning bir qismidir”, — deyilgan muassasa xabarida.

 Yangi sanktsiyalar roʻyxatiga DXR Axborot vaziri Igor Antipov, sanost va savdo vaziri Aleksey Granovskiy, moliya vaziri Ekaterina Matyushchenko, TIV rahbari Natalьya Nikonorova, davlat xavfsizligi vaziri Vladimir Pavlenko, adliya vaziri Elena Radomskaya, soliq vaziri Aleksandr Timofeyev, iqtisodiy rivojlanish vaziri v.b. Elena Kostenko, Lugansk Xalq respublikasi mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Svetlana Malaxova, energetika vaziri Pavel Malьginlar kiritildi.

 AQSh Moliya vazirligi xabariga koʻra, yuqorida ismi keltirilgan fuqarolar Ukraina davlat hududi yagonaligining buzilishi, mamlakat suverenitetiga xavf solish va boshqa ishlarda ayblanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.