Mahmud Qor: Haqiqiy terror xavfi AQSh va Rossiyadan kelmoqda!

478
0

Mahmud Qor: Haqiqiy terror xavfi AQSh va Rossiyadan kelmoqda!

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qor Turkiyaning “zaytun boʻtogʻi” nomli Afrin amaliyotiga munosabat bildirdi. Qorning taʼkidlashicha, 20 yanvar kechki soatlarda boshlangan Afrin amaliyotini Suriya qoʻzgʻolonidan alohida bir mavzu sifatida tahlil qilish juda katta xatodir. Zero muammo faqatgina Turkiyaning janubiy chegarasida xavf tugʻdirgan terror vujudini bartaraf qilish muammosi emas. Ayni paytda bu masala faqatgina PKK (Kurdiston Ishchilar Partiyasi)ning Suriyadagi qanoti YPGga qarshi Turkiyaning chegara xavfsizligini taminlash masalasi ham emas. Balki bu masala bevosita Suriya inqilobiga bogʻliq masaladir.

“Afrinni YPGga kim topshirgan boʻlsa, endilikda unga qaytarib berish rejalashtirilyapti. Suriya qoʻzgʻalonining ikkinchi yili, Yaʼni 2012 yilning iyul oyida Suriya rejimi qoʻzgʻolonchi guruhlardan qaqshatqich zarbalarga uchrab, zaiflashib qoldi. Shunda Asad kuchlari Damashq tomonga chekinib, Afrin, Jazira va Kobanini YPGga oʻz qoʻllari bilan topshirgan edi. Asadning YPGga boʻlgan ishonchining sababi, Amerikaga boʻlgan ishonchidir. Zero YPGning arqonini bevosita qoʻlida ushlab turgan kuch Amerikadir”, deydi Hizb ut-Tahrir matbuot boʻlimining raisi.

Shuningdek Qor Afrin amaliyotining “Furot qalqoni” bilan funktsional oʻxshashligiga eʼtibor qaratdi.

“Turkiya Furot Qalqoni amaliyotiga oʻxshash strategiya bilan Idlib va uning atrofidagi muxolif guruhlarni Afrin amaliyotiga chorlamoqda. Bu esa Idlibga nisbatan Asad rejimining qamaliga zamin yaratish va qoʻzgʻolonchi islomiy guruhlarning kuchini zaiflashtirish demakdir. Halab qay tarzda Furot Qalqoni orqali Asadga topshirilgan boʻlsa, Idlib ham huddi shu tarzda Afrindagi “Zaytun boʻtogʻi” amaliyoti orqali Asadga topshiriladi. Shunday boʻlishini Amerika xohlamoqda, Turkiya esa bu ishda unga sherik boʻlmoqda. Chunki Rossiya boshchiligida olib borilayotgan Ostona muzokaralaridagi oqsashlarni bartaraf qiladigan va natijada AQShning “Suriya yechimi” rejasini amalga oshiradigan Amerikacha strategiya mana shudir. Suriya u yoqda tursin,  Afrin va atrofida IShIDdan asar ham qolmagan bir paytda, AQShning koalitsiya kuchlarini hali ham IShIDga qarshi kurashga yoʻnaltirayotganligi buning yaqqol dalilidir. Bu esa, Ostona uchrashuviga rozi boʻlmagan Idlibdagi qoʻzgʻolonchi guruhlarni nishonga olishdan boshqa narsa emas. Afrin amaliyotining ortidananoq Asad kuchlari va Rossiyaning Idlibga hujum boshlashi, bu rejaning bevosita amalga oshayotganining nishonasidir. Suriya ozod armiyasi nomi ostida Suriya muxoliflarini Afringa jalb qilib, Idlibni yolgʻiz qoldirish Suriya qoʻzgʻalonining tomiriga yana bir bor bolta urish va unga yana bir bor xiyonat qilishdir. Xulosa sifatida shuni ochiq aytmoqchimanki, agar Turkiya haqiqatdan ham samimiy boʻlsa, Afrin amaliyotini Iroq va Suriyada fitna urugʻini sochishga urinayotgan va Yaqin Sharqni bir necha boʻlakka boʻlmoqchi boʻlayotgan AQShning rejalariga zarba sifatida eʼlon qilishi kerak. Agar bunday qilinmasa, faqatgina janubiy chegaralarini PYD-YPG vujudidan tozalash – garchi bu rost boʻlgan taqdirda ham – haqiqiy maqsad hisoblanmaydi. Chunki bu yerdagi haqiqiy terror xavfi AQSh va Rossiyadan kelyapti. Kalavaning uchi Amerikadir. Shuning uchun bu amaliyotning nomi “Zaytun Boʻtogʻi” emas, “Bosh yanchish” boʻlishi kerak. Yanchilishi kerak boʻlgan bosh esa Amerikaning boshidir”, deydi Mahmud Qor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.