Nьyu-Yorkda S5+1 formatida uchrashu boʻlib oʻtdi

868
0

Nьyu-Yorkda S5+1 formatida uchrashu boʻlib oʻtdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari va AQSh oʻrtasidagi S5+1 formatidagi uchrashuv Nьyu-Yorkda boʻlib oʻtdi, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama etdilar. Bu haqida Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabar qildi.

 “2018-yilning 19-yanvar kuni Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya beshta Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari tashqi siyosiy idoralar rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi”,- deyilgan xabarda.

Matbuot-xizmati, shuningdek, “C5+1​” formatida Qirgʻiziston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozogʻiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov, Tojikiston respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Aksoltan Atayeva va AQSh davlat kotibi oʻrinbosari Jon Sallivan ishtirok etganini maʼlum qilgan.

 Suhbat chogʻida turli sohalarda koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashilgan va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning hamda zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.