Tillerson: Obamaning xatosini takrorlamaymiz, Suriyadan qoʻshinlarimizni olib chiqmaymiz

846
0

Tillerson: Obamaning xatosini takrorlamaymiz, Suriyadan qoʻshinlarimizni olib chiqmaymiz

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson, Suriyadagi sharoitlar yaxshilanmagunga qadar AQSh armiyasining Suriyadan olib chiqilmasligini maʼlum qildi. Tillerson bu haqida 17 yanvarь kuni Stenford universitetining Hoover institutida Amerikaning Suriyada yuritayotgan siyosati haqida bergan muhim bayonotida aytib oʻtdi. Tillersonga koʻra, urushda harbiy muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritish muhimdir, ammo harbiy muvaffaqiyatning oʻzi siyosiy oʻtish jarayonining muvaffaqiyat garovi boʻla olmaydi.

Obama maʼmuriyatining AQSh askarlarini muddatidan oldin Iroqdan olib chiqqanligini tanqid qilgan Tillersonning daʼvo qilishicha, bu ish Al-Qoidaning IShIDga aylanishiga sabab boʻlgan.

“Suriyadagi harbiy missiyamiz shartlar asosida qoladi. Biz hozir Suriyadan chiqmasligimiz kerak. Yaʼni 2011 yilda Iroqni barvaqt tark etish kabi xatoni takrorlamasligimiz kerak. Bu xato Al-Qoidaning omon qolishi va vaqt oʻtishi bilan IShIDga aylanishiga sabab boʻldi, natijada IShID va boshqa terrorchi tashkilotlarning mamlakatga katta zararlar keltirishiga imkoniyat yaratdi”, dedi AQSh davlat kotibi.

Tillerson AQShning Suriyadagi siyosatidan koʻzlagan “asosiy maqsad”i Eronning mintaqadagi taʼsirini kamaytirish, degan fikrni olgʻa surdi. Uning taʼkidlashicha, goʻyo AQSh armiyasining Suriyadan olib chiqilishi mintaqani Eronga topshirish maʼnosini anglatadi.

Turkiston:

AQShning ikkiyuzlamachi siyosatining cheki ham, oriyati ham yoʻq ekan! 11 sentyabr voqeasini ham, “Al Qoida”, “IShID” tashkilotlarini paydo qilish mexanizmini ham, Eron, Turkiya, Rossiya hamkorligini ham, ularni mintaqa uchun agressiv qilib koʻrsatish maqsadidagi matbuot agitatsiya amaliyotlarini ham, hozirda Avgʻonistonda shakillanib borayotgan “IShID” vahimasini ham AQShning oʻzi paydo qilib kelayotganini butun dunyo yetakchi siyosatchilari isbot dalillari bilan aniq bilishadi! Ammo bu siyosatchilar AQSh oʻz manfaatlari asosida oʻylab topayotgan safsatalariga ishonmasliklarini oshkor qilishdan qoʻrqishadi! Yaʼni ular AQSh aytayotgan jangari tashkilotlar yoki agressiv mamlakatlardan emas, balki AQSh tomonidan uyushtirilishi mumkin boʻlgan xalqaro fitnalardan qoʻrqishadi! AQSh esa, oʻzining olamiy yakka yetakchi davlat ekanligidan foydalanib, Shiyalar va Suniylar, Yevropa va Rossiya, “IShID” va “Tolibon”… kabi davlat va tashkilotlarni birini ikkinchisi bilan qoʻrqitib boradigan asosda shakllangan xalqaro siyosatni rivojlantirib boryapti!

Tillersonning yuqoridagi bayonotida, dunyoda shakillanib kelayotgan olamiy islomiy mabdaʼiy muhitga zarba berish asosi hukumron. Suriyada AQSh va kufr olami uchun oʻta xavfli vaziyat paydo boʻlib boryapti. Yaʼni, Suriyada Islom mafkurasi asosidagi mabdaʼiy tafakkur shakillanib qoldi. AQSh kufr olamiga, oʻsha shakillanib qolgan islomiy muhitni buzib yubormaguncha u yerni tark eta olmasligini aytmoqchi. Bu islomiy muhit bilan kurashish “faqat AQShning vazifa va manfaati emas” demoqchi. AQSh hatto shu islomiy mabdaʼiy muhitni yoʻq qilish uchun Saudiya boshchiligidagi islom yurtlarini ham bor quvvati bilan kurashishga jalb qilib kelyapti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.