Taʼziya
Qozogʻistonning Aqtobe viloyatida avtobus yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan nashri Qozogʻiston IIV favqulodda vaziyatlar boʻyicha vakli Ruslan Imankulov xabariga asosan.
Uning soʻzlariga koʻra, 18 yanvar soat 10:30 da Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida “Samara – Shimkent” yoʻlining 1068 kilometrida, Kalibay posyolkasidan 10km masofada avtobus yonib ketgan.
“Avtobus salonida 55 yoʻlovchi va ikki nafar haydovchi boʻlgan. Ularning fuqaroligi aniqlanmoqda. Yongʻindan qutulib qolgan 5 nafar yoʻlovchiga Qozogʻiston FVVsining tibbiy-qutqaruv boʻlimi tomonidan yordam koʻrsatilmoqda. Qolgan 52 kishi fojea joyida qurbon boʻlgan”, – deyilgan Imankulov xabarida.
Qozogʻiston IIV vakili telefon orqali qurbon boʻlganlar Oʻzbekiston fuqarolari ekanligini tasdiqladi.
Turkiston:
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]
Biz, Turkiston sayti xodimlari Allohning qazosiga iymon keltirgan holda, Rahimli Allohdan halol rizq topish umidida ota-ona, ahli ayol va farzandlarini tashlab mehnat muhojirligi sari yuz tutgan, ammo baxtsiz hodisa natijasida halok boʻlgan oʻzbekistonlik dindoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz. Baxtsiz xodisa natijasida jarohatlanganlarni tez kunda sihat topib, oʻz yaqinlari bagʻriga qaytishini tilaymiz.
Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz.
Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.
وَاصْبِرُوا إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ
“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]