Stoltenberg: Biz Rossiya bilan yana sovuq urushga kirishni istamaymiz
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Rossiya bilan yangi Sovuq urush takrorlanishidan ogohlantirdi. Biroq Stoltenbergning taʼkidlashicha, NATO ittifoqi Moskva bilan siyosiy muloqot oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlaydi.
“Shuni yodda tutishimiz lozimki, Biz Rossiya bilan muomala qilamiz. U bilan sovuq urushga kirish va qurol poygasini takrorlashni istamaymiz, balki Moskva bilan – garchi bu oson boʻlmasa-da – siyosiy muloqot olib borishni qoʻllab-quvvatlaymiz”, dedi Stoltenberg “Deutsche Wirtschafts Nachrichte” gazetasiga bergan intervyusida.
NATO Bosh kotibi Rossiya va NATO ittifoqi oʻrtasidagi aloqalarni, ayniqsa, harbiy kanallar orqali oʻrnatiladigan aloqalarni rivojlantirish umidi borligini bildirdi. Chunki Stoltenbergga koʻra, olamda xavf xatar kuchayib, dushmanlik ortib bormoqda. Lekin Stoltenberg olamga xavf solayotgan va dushmanligi ortib borayotgan kuch qanday kuchligi haqida oydinlik kiritmadi.
Stoltenberg NATO ittifoqi rivojlanishni davom ettirib, kuchiga kuch qoʻshib boraverishini qoʻshimcha qilar ekan, Rossiya armiyasi bosh shtab raisi Valeriy Gerasimov bilan soʻnggi uchrashuvni “Rossiya va NATO munosabatlaridagi ijobiy siljish”ga ishora deya baholadi.
NATO Bosh kotibi oʻtgan dekabr oyining oxirida ittifoqqa qarashli dengiz floti dengizda jang olib borish mahoratini yoʻqotganligini tan olgan va shu bilan birga Rossiyaning dengiz flotida hamda dengiz osti faoliyatida yuqori darajaga erishganligiga ishora qilgan edi.
Turkiston:
NATO siyosiy blog emas, shuning uchun u siyosiy muloqot oʻtkazish haqida gapirayotib, AQSh tomonidan olib boriladigan muloqotlarni nazarda tutyapti.
NATO ittifoqi AQShning harbiy blogi ekani barchaga maʼlum. U “Varshava shartnomasi” asosida SSSR boshchiligida birlashgan davlatlarga qarshi, ulardan YeI davlatlarini himoya qilish maqsadida paydo qilingan. SSSR qulagandan keyin bu tashkilot YeIni AQSh tomonidan atayin oʻylab topilgan qalbaki vahimalardan himoya qila boshladi. Avval Yevropadagi Rossiyaning taʼsiri ostida boʻlgan davlatlarda ruslarning harbiy ishtirokini yoʻqotish maqsadida Yugoslaviyani parchalab yubordi. Buning bilan Yevropa davlatlari va Rossiya oʻrtasiga sovuqchilik solib, Yevropani AQShga va oʻz navbatida NATOga boʻlgan ehtiyojini oshirishga muvaffaq boʻldi. Soʻng Eronni qalbaki agressiv davlat sifatida koʻrsata boshladi. Bularning barchasi NATOning mintaqa uchun naqadar muhim ekanini taʼkidlash va unga qalbaki ehtiyoj paydo qilish uchungina amalga oshirilgan edi. Aslida NATO faqat Rossiyaga qarshi, Yevropa tomondan qoʻyilgan Amerikaning harbiy blogidir!
Bugungi kunga kelib Rossiya AQSh uchun hech qanday xavf paydo qila olmaydigan zaif davlatlar safidan oʻrin ola boshladi. AQSh vaziyatga moslashib, Rossiyani ilgarigidek raqib emas, oʻzi uchun NATO singari harbiy xizmatchi qatorida ishga yollamoqchi boʻlyapti. Unga qarshi YeI tomonidan iqtisodiy sanktsiyalarni kuchaytirib borish orqali, Rossiya bilan YeIni bir biridan uzoqlashtirib, har ikkisini bir biridan qoʻrquvda ushlab turish maqsadida AQSh yana ularning oʻziga boʻlgan ehtiyojini oshirib boryapti.
Shuning uchun NATO Rossiyani hamkorlikka chaqira boshladi! Yaʼni NATO Rossiyani Suriyadagi kabi Afgʻoniston yoki boshqa biror mintaqadagi harbiy amaliyotlarga bevosita kirib borishga undamoqchi. Shuningdek NATO Rossiyani AQShning Xitoyga qarshi olib borayotgan bir qator loihalarida AQSh bilan hamkorlik qilishga majburlamoqchi.
Putin saylov oldidan AQShning har qanday shartiga rozi boʻlayotgan koʻrinadi. Vaziyat shunday kelishilgan holda ketayotganini, saylovda Putinning yutib chiqqanidan anglab olish mumkin boʻladi. Chunki ilgari hech qachon Rossiya bu qadar siyosiy zaif holatda saylov oʻtkazgan emas. Ilgari Rossiya rejimi bu qadar oʻz fuqorolaridan ajrab qolgan emas edi. Aks holda bahor kelishi bilan, shu kunlarda Eronda boʻlayotgani singari Rossiyada ham qoʻzgʻalonlar uyushtiriladi. Bunga hozirgidek kuchli sharoit ilgari boʻlgan emas! Demak ishning ketuvini, Putinning rejimi bilan AQShning harbiy yashirin kelishuvlari hal qilishi mumkin!