Eronda hukumatga qarshi namoyishlar kuchaydi
Eronda 3 kundirki ommaviy namoyishlar davom etmoqda. Kamida ikki kishi oʻldirilishi ortidan namoyishlar yanada kuchayib ketdi.
Reuters agentligi xabarida yozilishicha, Mashhad shahrida koʻchalarga chiqqan fuqarolar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan norozilik bildirishmoqda. Mamlakatda ishsizlik darajasi ortgan, inflyatsiya kuchaygan va ayrim tovarlar taqchilligi kuzatilmoqda.
Davlat nashrlari xabarlariga koʻra, mamlakatdagi 1200dan ortiq aholi punktlarida norozilik aktsiyalari qayd etilgan.
Politsiya bunday aktsiyalarga ruxsat etilmaganini maʼlum qilib, namoyishchilarni ogohlantirgan. Shuningdek, ommaviy ravishda hibsga olishlar roʻy bergani aytilmoqda.
“Biz fuqarolardan noqonuniy aktsiyalar uyushtirmaslikni soʻraymiz. Agar ular yigʻilmoqchi boʻlishsa, avval ariza bilan murojaat qilishlari kerak boʻladi”,- degan Eron IIV rahbari Abdulrizo Rahmon-Fazliy.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, namoyishlar Eronning 30ta shahri, jumladan Tehron va Shahri Kurd, Kirmonshoh va Zanjonda boʻlib oʻtmoqda.
Turkiston:
“Eron Islom respublikasi”, yaʼni bu Eron Islom xalq boshqaruvi degan manʼnoni ifodalaydi. Bu esa kufrni Islom bilan aralashtirib yuborish va Islomni kufr boshqaruvi uchun niqob hamda sunʼiy eʼtiqodiy rahnamolik qilib olishni anglatib, bu mamlakat sharʼan (dorul kufr) kufr davlati deb eʼtibor qilinadi!
Shu kunlarda boshlanib qolgan Eron xalq qoʻzgʻalonlari, aslida bir necha oʻn yillardan beri yetilib kelayotgan ilmoniy dunyoqarashdagi muxolifot vakillarining navbatdagi harakatidir. Eronda Islom bilan ilmoniylik qorishshtirib yuborildi. Natijada tashqi qiyofasi islomiy, asli kufr asosidagi tushunarsiz bir davlat paydo boʻldi. Tabiiyki bu davlat iqtisodi ham biror aqidadan kelib chiqqan tiniq qonunlarga asoslana olmadi. Chunki olamiy kufr sistemasi bilan hamkor boʻlib yashashga majburligi sababli hamda xalqaro siyosiy tashkilotlarga aʼzo sifatida Eron xalqaro qonunlarga boʻyin egib yashashga majbur. Bu esa uni siyosatda ham iqtisodda ham Islomni asos qila olmasligini anglatadi. Demak Eron Islom respublikasi cheklangan hududdagina Islom dinidan foydalanadi. Islomiy koʻrinishlar, bidʼat hurofotlar va kufr yetakchiligiga qalbaki islomiy fatvolar berish bilan oʻz xalqini aldab keladi. Natijada mamlakat siyosiy va iqtisodiy nochor ahvolga tusha boshladi.
Eronning iqtisodiy nochor ahvoli aslida olamiy kufr sistemasi bilan hamkorlikda harakatlanib borayotganidan kelib chiqayotganiga qaramay, xalqining norozilik harakatlari aynan islomiy rahnamolikka qaratilyapti. Negaki Eronni haqiqiy yetakchisi, diniy rahnamosi Homeniy hisoblanib, u “mamlakatni Islom tamoillari bilan boshqaryapman” deb daʼvo qilib keladi. Ilmoniy olamiy sistemasi, diniy yetakchilikning shu davosidan foydalanib, “Eronning barcha xato va nochorliklari aynan dinga asoslanganidan kelib chiqmoqda” degan tushunchani ilgari surib keladi.
Eronda inqilobiy harakatlar kutilayotgani yoʻq! Chunki u mamlakatda inqilobiy fikriy muhitning oʻzi mavjud emas. Eronda davlat boshqaruv strukturasini oʻzgartirish harakatlari boryapti. Yaʼni ilmoniy kuchlar, shu kunga kelib xalq nazarida oʻta obruysizlanib qolgan diniy yetakchi guruhni hokimiyatdan surib chiqarib yuborishmoqchi. Bu kutilayotgan va tabiiy jarayon boʻlib, har qanday quvvat egasi hatto Islomni kufr yordami, hamkorligi yoki kufr vositalari bilan oliy qilishni oʻz oldiga maqsad qilganida ham, bundan boshqa natijalarga erisha olmagan boʻlar edi!
Erondagi bu voqeʼlikka ilmoniylik inqilobiy harakati deb nom berish mumkin. Ular hatto Islomga oʻralgan kufr tuzimiga ham rozi boʻlishmayapti. Toʻgʻrirogʻi Eronda Islomga oʻralgan kufr tuzimining tabiiy inqiroziy jarayoni kuzatilyapti. Yaʼni, vaqtida kufr uchun oʻta manfaatli boʻlgan qalbaki islomiy muhit endi kerak boʻlmay borayotgandek! Yoxud, vaqtida Islomdan boshqaga rozi boʻlmayotgan Eron xalqi, mavjud buzuq islomiy qalbaki tuzumdan zerikdi. Olamiy kufr sistemasi bu kunni uzoq va sabr bilan kutdi va shu kunni tezlatish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib borayapti!
Saudiya arabistonida ham xuddi shu kabi buzuq tuzum hukm suradi. Eronning bu baxtsiz holati vaqti kelib albatta Saudlarning ham boshiga tushadi insha Olloh! Balki yetakchi kufr davlatlaridan milliardlagan dollarlarga qurol sotib olayotgani, shu kunning oldini olishga qarata harakat boshlayotgani uchun boʻlishi mumkin.