Fohishalik mumkin, ammo Islomiy boshqaruvni talab qilish jinoyat

685
0
Courtroom detail with a gavel and scales of justice in the background

Fohishalik mumkin, ammo Islomiy boshqaruvni talab qilish jinoyat

Turkiya hukumati va sud mahkamalari mamlakatda fohishalik va axloqsizlikka keng yoʻl ochib berganligi hech kima sir emas. Ayniqsa “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi hokimiyatni egallagandan soʻng fohishabozlik va zinoning erkinligini taʼminlaydigan qarorlar birin-ketin qabul qilindi. Bu esa, bir tarafdan jamiyatda axloqsizlikni kuchaytirar ekan, boshqa bir tarafdan odamlarning bu axloqsiz muhitga koʻnikib qolishlariga va befarq boʻlishlariga olib kelmoqda.

2014 yilda mahalliy sud fohishalik maqsadida yoʻl boʻyida mijoz kutayotgan fohishalar ustidan 5326 sonli qoida buzarlik moddasiga muvofiq jinoiy ish ochib, jarimaga tortgan edi. Biroq oliy sud bu jazoni nohaqlik deb topib, mahalliy sud qarorini bekor qildi. Bu bilan huquqni muhofaza qilish organlarining fohishalarga nisbatan jazo berish huquqi Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Shunday qilib, koʻchalarda va xiyobonlarda fohishalik uchun mijoz kutgan fohishalar va transseksuallarga hatto yengil jazo ham berilmaydigan boʻldi. Bundan avval konstitutsion mahkama qarorlari va “Adolat va Taraqqiyot” partiyasi hukumatining qoʻli bilan amalga oshirilgan tadbirlar orqali fohishalik turk jinoiy kodeksida jinoyat deb sanalishdan olib tashlangan edi.

Biroq musulmonlar diyori boʻlgan shu davlatning oʻzida Islomiy hayotni talab qilish “terror” jinoyati hisoblanadi. Yaʼni Turkiya jumhuriyatining oliy mahkamasiga koʻra, fohishalik hech qanday jinoyat hisoblanmagan holda, Islomiy hayotni qayta boshlash uchun fikriy va siyosiy kurash olib borayotgan musulmonlarga eng ogʻir jazolar berilmoqda, ularga “terrorchilar” kabi muomala qilinmoqda. Nahotki oʻz aqidasi bilan yashashni talab qilish terrorchilik boʻlsa? Afsuski, nafaqat Turkiyada, balki Islom oʻlkalarining barchasida shunday ahvol kuzatilmoqda. Bu esa Musulmonlar hokimlarining asl basharasini va Musulmonlarga ijro qilinayotgan demokratik qonunlarning Islomga umuman aloqasi yoʻqligini koʻrsatib turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.