Saudiyada nimalar boʻlyapti?! Bu jarayonda Amerikaning tutgan oʻrni qanday?!
Savol:
2017 yil 19 noyabrda “Mudun” saytida Saudiyada boʻlayotgan korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasi harbiy sohaga ham koʻchib oʻtgani aytiladi. “Saudiyadagi korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasiga tegishli ishlardan xabardor mulozimning maʼlum qilishicha, mudofaa vazirligida ishlagan isteʼfodagi 14 zobit va Milliy gvardiyadan ikki zobit moliyaviy shartnomalardagi korruptsiya ishiga aralashganlikda gumonlanib, qamoqqa olindi”. (Mudun, 2017 yil 19 noyabr) 2017 yil 4 noyabrdan, yaʼni Saudiya qiroli valiahd amir Muhammad ibn Salmon boshchiligidagi korruptsiyaga qarshi kurash komissiyasini tashkil qilganidan boshlab oʻnlab sobiq vazirlar, yirik biznesmenlar qamoqqa olindi, ularning va ularga yaqin shaxslarning hisob raqamlari muzlatildi. “Reyter axborot agentligi xabariga koʻra, korruptsiya boʻyicha tergov komissiyasi hukmron saudlar oilasining mashhur aʼzolaridan biri sobiq valiahd amir Muhammad ibn Nayfning shaxsiy bank hisobini hamda uning yaqin qarindoshlarining shaxsiy bank hisoblarini muzlatib qoʻydi. Maʼlumki, Muhammad ibn Nayf ilgari qirol Salmon tomonidan boʻshatilib, oʻrniga qirol oʻgʻli Muhammad ibn Salmon tayinlanishidan oldin mamlakatning valiahdi edi. Komissiya hibsga olgan amirlar 11 nafarga yetdi”. (Bi-Bi-Si arabiy, 2017 yil 8 noyabr).
Xoʻsh, Saudiyada nimalar boʻlyapti? Bu jarayonda Amerikaning tutgan oʻrni qanday?
Javob:
Javob yorqin boʻlishi uchun, avval Saudlar oilasi va ularning aloqalari haqida qisqacha maʼlumot bersak-da, soʻng javobga oʻtsak:
Saudlar oilasi Islom davlati degan eʼtibordagi Usmoniylar davlatiga qarshi ilk bor isyon qilgan paytdan beri mustamlakachi kofir bilan aloqa oʻrnatib kelgan. Oʻshanda ular mustamlakachi inglizlar qoʻllab-quvvatlovi va gijgijlovi bilan 1788 yilda Kuvaytga qarshi, 1803-1804 yillari esa, Makka va Madinaga qarshi isyon qilib, bosib olishgan edi. Ular 1810 yilda Damashqqa hujum qilishgan paytda, yurt ahli shaharni mardlarcha mudofaa qilgan. Biroq Saudlar Halab va boshqa shaharlarni nazorat ostiga olishgan. Ular bu ishda oʻzlarining vahhobiylik mazhabidan foydalanishdi, inglizlar esa Saudlardan Islom davlatiga zarba berishda foydalandi. Lekin keyinchalik Islom davlati ayni isyonchilik harakatini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Saudlar oilasi ushbu harakatga 1818 yili Misr voliysi Muhammad Ali vositasida yetakchilik qilishgan edi. Britaniya oʻn toʻqqizinchi asrning oxiri, yaʼni 1891 yilda ularni ikkinchi marta qoʻzgʻadi. Lekin Usmoniy davlat ularni magʻlub qildi. 1901 yilda Britaniya ularni yana qoʻzgʻadi. Saudlar oilasining inglizlar bilan aloqalari, ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi yaqqol maʼlum edi.
Darhaqiqat, Usmoniy davlatning zaiflashgani hamda birinchi jahon urushida ishtirok etgani inglizlarga qoʻl keldi. Ular shundan foydalanib, Saudlar oilasining Najd va Hijoz ahliga qarshi pozitsiyasini mustahkamladi… Najd va Hijoz ahli Saudlar oilasiga qarshi uzoq kurashdilar… Biroq Saudlar oilasi ularning ustidan gʻalabaga erishdi. Saudlar oilasi ayni mintaqani oʻz nazoratlariga olishga, keyin oʻsha paytda dunyoning birinchi davlati hisoblangan Britaniya yordami bilan 1932 yil Saudiya Arabistonini eʼlon qilishga muvaffaq boʻlishdi.
Biroq keyinchalik amerikaliklar bu yurtda neftni kashf qilishdi. Ularning bunday yirik boylikka soʻlaklari oqib, Saudiyada oʻzlari uchun siyosiy nufuz paydo qilishga harakat qila boshladilar. Bu narsa qirol oilasidagi shaxslarni kasb qilishda, xususan, qirol Abdulazizning 1953 yil vafot etishi ortidan uning merosxoʻr farzandlaridan baʼzilarini kasb qilishda yaqqol koʻzga tashlandi. Shunday qilib, bu yurtda Anglo-Amerika kurashi boshlandi.
Bugun AQSh malayi Salmon ishlar tizginini oʻz qoʻlida ushlab turishga erishdi. U ingliz malaylarini va ularning tobelarini yoʻq qilish amaliyotini boshlab yubordi. Undan oldingi qirol Abdulloh inglizlar bilan mustahkam aloqa qilgan kimsa edi, vafotiga qadar qudratga angliyaparast shaxslarni olib kelishga harakat qilgan edi. Biroq u oiladagi lavozimlarni qabul qilib olish anʼanasiga rioya qilib hamda hukmron oila barqarorligini saqlash uchun Salmon ibn Abdulazizni valiahd qilib tayinlashga majbur boʻlgan edi. U oʻz ukasi Salmonning amerikaliklar malayi ekanini bilardi va shuning uchun inglizlar nufuzini kafolatlash maqsadida valiahd valisi mansabini paydo qildi, ayni mansabga Muqrin ibn Abdulazizni tayinladi. Muqrin esa, uning ukasi va malaylikdagi hamkori edi. Aftidan, u Salmonning yoshi keksayib, kasalga chalinib qolganini koʻrgan va uning oʻlguniga qadar Muqrin yurtda hukmron va soʻz egasiga aylanib oladi, keyin esa oʻz-oʻzidan boshqaruv kalitlarini qoʻlga kiritadi, deb hisoblagan koʻrinadi. Xuddi, qirol Fahd qarib, kasalga chalinib qolganda valiahd Abdulloh ham soʻz egasiga aylangani, 2005 yil Fahd vafot etganda esa, boshqaruv kalitlarini qoʻlga kiritgani kabi. Biroq Abdullohning hisob kitobi bunday chiqmadi. Chunki u 2015 yil boshida vafot etgandan soʻng boshqaruv kalitlarini Salmon egalladi. Natijada, Salmon Muqrinni valiahdlik mansabidan boʻshatib, oʻrniga Muhammad ibn Nayfni tayinladi. Abdulloh tayinlagan nozik lavozimdagi shaxslardan koʻpchiligini boʻshatib yubordi hamda oʻgʻli Muhammadni hokimiyatga mustahkam oʻrnata boshladi, nihoyat, 2017 yil 21 iyunda Muhammad ibn Nayfni ham valiahdlikdan boʻshatib, oʻrniga oʻgʻlini tayinladi. Valiahd valiligi lavozimiga esa, hech kimni tayinlamadi.
Biz qirol Abdulloh vafot etgandan soʻng 2015 yil 25 yanvardagi “Savolga javob”da quyidagilarni bayon qilgan edik: “Ammo hozirgi podshoh mudofaa vazirligidandir, shuning uchun demak uning davrida Amerika nufuzining gʻolib boʻlishi kutiladi, podshoh Abdulloh buni tushunardi, shu sababli u Saudiyada bir yangi anʼanani oʻylab topgan edi, bu anʼana podshohning nafaqat valiahdni balki valiahd oʻrinbosarini ham tayinlashidir. Chunki Abdulloh Salmon ibn Abdulazizning Amerika bilan birga yurishini yaxshi bilar edi. Shu bois Abdulloh Salmonning oldingi urf boʻyicha – oldingi urf boʻyicha podshoh oʻz valiahdini oʻzi tayinlar edi – oʻz valiahdini oʻzi tayinlamasligi uchun oʻzining valiahdi oʻrinbosarini ham oʻzi tayinladi. Bu bilan u yangi podshoh bilan uning valiahdini Amerika odamlarining biridan tayinlashi oʻrtasini kesib qoʻydi. Shuning uchun demak sobiq podshoh Abdulloh valiahd oʻrinbosarini ham oldindan tayinlab qoʻygan, chunki u biz hozirgina aytib oʻtgan gʻarazga koʻra Muqrinni Salmon ibn Abdulazizning valiahdi etib tayinlab qoʻygan”. Ayni nashrada yana bunday degan edik: “Muqrinning inglizlar bilan aloqada ekanligi maʼlum. Chunki u Britaniyada oʻqigan. U Britaniyadagi mashhur Kranuell bilim yurtini bitirgan. Sobiq podshoh Abdulloh unga ishonibgina qolmay, balki u podshohning yaqinlaridan biri edi. Sobiq podshohning valiahd oʻrinbosarini ham tayinlab qoʻyishni oʻylab topishdan maqsadi Salmon ibn Abdulazizdan keyin Amerika silsilasi davom etishini uzib qoʻyish edi. Podshoh Abdulloh bu tayinlashni valiahd oʻrinbosarini olib tashlashni man qiladigan farmonni chiqarib mahkamlab qoʻydi!”.
Biroq inglizlar hisob-kitobi toʻgʻri chiqmadi. Yaʼni, Salmon qudratga kelib, vaʼdani ham, qonunni ham, urfni ham buzdi. U Muqrinni ishdan olib, oʻrniga Muhammad ibn Nayfni vaqtinchalik tayinladi… Keyin uni ham boʻshatib, oʻgʻli Muhammadni oʻziga valiahd qilib oldi va unga keng vakolatlar, turli muhim mansablarni berdi, nihoyat yakkahokimga aylantirdi.
Qirol Salmon 2017 yil 4 noyabrda oʻgʻli Muhammad raisligida korruptsiyaga qarshi kurash oliy komissiyasini tuzdi. Xavfsizlik xizmati oʻsha zahoti amaldagi mavjud 11 nafar amir va toʻrt nafar vazirni hibsga olib, ularni bira toʻla mansablaridan ham boʻshatdi. Bu esa, shunga dalolat qiladiki, bu odatiy kurash emas va uning korruptsiyaga qarshi kurashga aloqasi ham yoʻq, balki bu xuddi inqilob amaliyotiga oʻxshagan harakatdir. Zero, qamoqqa olish, ishdan boʻshatish va ayblovlar zudlik bilan amalga oshirilmoqda. Hatto qamoqqa olishlar oʻnlab sobiq vazir va yirik biznesmenlargacha yetib bordi, ularning shaxsiy bank hisoblari, yaqinlarining hisoblari muzlatildi. Shu paytgacha 1700 nafar shaxsiy bank hisobi muzlatilgan. Reyter axborot agentligiga koʻra, “Bu son har soatda ortib bormoqda”. Yaqinda valiahdlik mansabidan tushirilgan Muhammad ibn Nayf ham shu shaxsiy hisob raqami muzlatilganlardan biriga aylandi. Uning qarindoshlari hisob raqami ham muzlatildi. Reyter axborot agentligiga koʻra, “Saudiya rejimi oʻz oila aʼzolaridan bir necha shaxslar, shuningdek biznesmenlar, kichik doiradagi direktorlar va masʼullarning jinoyat sodir etganlikda gumonlanib hibsga olinganini maʼlum qildi”. Koʻrinib turibdiki, bu amaliyot inqilob amaliyotlaridan farq qilmaydi. Hatto bu kampaniya sobiq qirolning oʻgʻillarigacha yetib bordi: Masalan, armiyaning ikkinchi asosiy kuchi boʻlgan Milliy gvardiya vaziri Mutʼab ibn Abdulloh, uning ukasi poytaxt Riyozning sobiq amiri Turkiy ibn Abdulloh ham qamoqqa olingan. Mutʼab Sandxerstdagi Britan harbiy Akademiyasini leytenant unvoni bilan bitirgan. Odatda u yerni bitirgan va mashqdan oʻtganlar albatta inglizlar malayi boʻlib yetishadi. Ilgari koʻplab Fors Koʻrfazi davlatlari amirlari, qirollar va Iordaniya rahbarlari oʻsha yerdan yetishib chiqqan. Akasi Turkiy ham Britaniyaning Uelьs universitetida harbiy ilm-fan va strategiya boʻyicha magistrlikka yetishgan. U Riyoz amiri lavozimida ishlayotganida Salmon tomonidan boʻshatildi. Koʻrinib turibdiki, Amerika inglizlar malaylarini korruptsiya ayblovi bilan yoʻq qilish yoʻlini topib, Salmon va uning oʻgʻli valiahd Muhammadga ayni yoʻlni tavsiya qildi. Xuddi, oʻz dushmanlarini korruptsiya ayblovi bilan yoʻq qilish bugungi kunda koʻplab rejimlar odatiga aylangani kabi. Ayniqsa, bugungi rejimlarda eskiyu yangi rahbarlarning har biri, poraxoʻrlik, tovlamachilik, davlat molini oʻzlashtirish, tanish-bilishchilik kabi korruptsiya ishlari botqogʻiga botgan kimsalardir. Shuningdek, ular qonundan oʻz shaxsiy manfaati yoʻlida foydalanish, oʻzgalar haq-huquqlarini poymol qilish, ommaga adolatsiz munosabatda boʻlish va oʻz mansablarini suiisteʼmol qilish kabi jinoyatlarni sodir etishgan. Ular Alloh shariatini tatbiq qilmay, kofir mustamlakachi davlatlar qonuniga ergashayotgan ekanlar, bundan ham yomon fasod-korruptsiya boʻlishi mumkinmi?!
Biz bu kampaniya va uni olib borayotganlar Amerika tomonidan qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrib turibmiz. Misol uchun, joriy yil 6 noyabrda Amerika prezidenti Tvitterda “Saudiya qiroli bilan valiahdga nisbatan menda katta ishonch mavjud. Chunki ular nima qilayotganlarini juda aniq biladilar”, deb yozdi. Soʻz boshqa bir Tvitda bunday dedi: “Bu ikki rahbarning shafqatsiz muomalasiga uchragan oʻsha kimsalar oʻz davlatlari boyliklarini yillar davomida talon-taroj qilib kelishgan”. Saudiya axborot agentliklarida “Qirolning 2017 yil 5 noyabr yakshanba kuni – mamlakatda roʻy berayotgan siyosiy va xavfsizlik bilan bogʻliq mana shunday hodisalar manzarasida – Amerika prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashgani, ular ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik va uni rivojlantirish yoʻllarini, shuningdek, regional va xalqaro vaziyatdagi voqea-hodisalar rivojini muhokama qilishgani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi. 2017 yil 4 noyabrda Reyter axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, “Tramp Saudiya qiroli bilan Aramko neft kompaniyasini Nьyu-Yorkka kiritish haqida suhbatlashib, agar Riyoz ayni kompaniya aktsiyalarini Nьyu-York fond birjasiga kiritsa, juda mamnun boʻlishini bildirgan. Bunga javoban qirol – biz Amerika birjasidan foydalanish masalasini oʻrganib chiqamiz, degan”. Reyter AQSh tashqi ishlar vazirligi voizi Xizer Nauertning “Biz Saudiya hukumatini korruptsiyachi masʼullarni sudga tortishga targʻib qilishda davom etamiz. Umid qilamizki, buni u odil va shaffof olib boradi”, degan bayonotini xabar qildi. Bu shunga dalolat qiladiki, Amerika ayni kampaniya ortida turibdi, uni qoʻllab-quvvatlayapti hamda oʻziga yoqmagan yoki oʻziga doʻstligiga shubha paydo boʻlgan yoxud inglizlarga doʻst boʻlgan yo-da qirol va uning oʻgʻli valiahdning yurtni amerikaliklarga sotib yuborish kabi ishlariga norozi boʻlgan shaxslarga qarshi ayni kampaniyani yoʻnaltirib turibdi.
Buning siyosiy kampaniyadan boshqa narsa emasligini koʻrsatib turgan narsa shuki, qirol tuzgan komissiya oʻz faoliyatini rejimdagi muhim figuralarni, Saudlar oilasi aʼzolarini, qirolning yaqinlarini… hibsga olib, ularning shaxsiy bank hisoblarini muzlatish bilan boshladi. Aynan mana shu narsa kampaniyaning siyosiy ekanini koʻrsatib turibdi. Ayniqsa, qirolning oʻzi va oʻgʻli halqumlarigacha korruptsiyaga botib, omma mulkini kemirib yotishgan ekan, uning korruptsiya va islohotlarga hech qanday aloqasi yoʻq. AQShga inʼom etilgan 460 milliard dollar ham shu kemirilayotgan mablagʻlar jumlasiga kiradi. “Saudiya Axborot Agentligi” chiqargan bayonotda ham – xuddi rejimga qarshi chiqqan nufuzli kuchlarga zarba berilayotgandek – juda keskin soʻzlar aytilgan edi. Bayonotda bunday deyiladi: “Komissiyaning tuzilishiga ayrim nafs kuyiga tushgan ochkoʻzlarning mavjudligi sabab boʻldi. Chunki ular oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qoʻyib, hech qanday dinni, vijdonni, axloqni, vatanni hisobga olmay, omma mulkiga tajovuz qilishdi. Oʻzlariga omonat topshirilgan hokimiyatdagi vazifalaridan omma mulkini oʻzlashtirish va talon-taroj qilishda foydalanishdi. Ular bu razil qilmishlarini yashirishda turli yoʻllardan foydalanishdi”. Keyin 2017 yil 4 noyabrda komissiya tuzilishi bilanoq mana shu shoshilinch qamoqqa olishlar boshlanib ketdi.
Ertasiga (2017 yil 5 noyabrda) Asir viloyati amirining noibi Mansur ibn Muqrinning baʼzi masʼullar bilan birga vertolyot halokati oqibatida halok boʻlgani toʻgʻrisida xabar qilindi. Darhol – bu ish suiqasd amaliyoti boʻlishi mumkin, degan shubhalar oʻrtaga chiqdi. Xususan, sobiq valiahd oʻgʻli boʻlgan bu kimsaning Salmon qudratga kelgan paytda ishdan olib tashlanishi ushbu shubhani paydo qildi.
Darhaqiqat, qamoqqa olinganlar soni yuzlab shaxsdan oshib ketdi. Saudiya bosh prokurori Saud Moʻʼjib bunday bayonot berdi: “Korruptsiya ishi boʻyicha tergovga 208 shaxs chaqirildi, ulardan yetti nafari yetarli dalillar boʻlmagani sababli qoʻyib yuborildi. Oʻnlab yillar davom etgan va oʻgʻirlash yoki suiisteʼmol qilish orqali oʻzlashtirilgan bu yirik summadagi mablagʻning taxminiy qiymati, dastlabki tergov-surishtiruvlar xulosasiga koʻra, 100 milliard AQSh dollaridan ortib ketgan”. (Hayot gazetasi, 2017 yil 19 noyabr). Qirol oilasiga mansub va nufuzli shaxslar “delo”si oʻtgan oʻnlab yillardan beri taftish etib kelingan! Bu esa, masala nufuzli va hokimiyatga taʼsir qila oladigan shaxslarni yoʻq qilish masalasi ekaniga dalolat qilmoqda. Chunki agar ular yoʻq qilinmasa, rejim va jamiyatda ilgari kuzatilmagan oʻzgarishlarni amalga oshirayotgan va bundan tashqari valiahdlik lavozimiga Saudlar oilasi anʼanasiga mutlaqo zid ravishda kelgan valiahd Muhammad ibn Salmonning “tagiga suv quyish”lari mumkin boʻladi.
Shunday qilib, demak, korruptsiyaga qarshi kurash niqobi ostida bugun Saudiyada boʻlayotgan bu ishlardan, inglizlar payini qirqish va ularning qirol Salmon bilan uning valiahd oʻgʻliga qarshi inqilob va boshqa narsalarni uyushtirishlarini oldini olish maqsad qilingan. Shuningdek, hokimiyatning valiahd qoʻliga hech qanday muxolifsiz tinch-xavfsiz ravishda oʻtishini taʼminlash koʻzlangan. Zotan, uning oʻgʻli AQSh manfaatlariga xizmat qilishni oʻz zimmasiga olgan shaxsdir! Bu yoʻlda uning qarshisida birorta ham ichki raqib – hatto yaqin tugʻishganlari boʻlsa ham – turmasligi, angliyaparast xorijiy raqiblar ham boʻlmasligi, Arab yarim orolida faqat Amerika nufuzining oʻzi qolishi kerak… Albatta bu, eng jirkanch xiyonatdir:
وَأَنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي كَيْدَ الْخَائِنِينَ
“Alloh hech qachon xoinlar ishini oʻnglamaydi” [Yusuf 52]
Xullas kalom, bu kabi rejimlarning birortasida ham mutlaqo yaxshilik yoʻqligi kundan-kunga oʻz isbotini topmoqda. Xoh, Saudlar oilasi rejimi, xoh Eron rejimi, xoh islomiy yurtlardagi mavjud boshqa rejimlar boʻlsin, xoh bu rejimlarga tobe yugurdaklari boʻlsin, bularning barchasi mustamlakachi kofir tomonidan boshqarilmoqda. Bu kofir ustimizdan oʻz hukmronligini mustahkamlashni va yurtlarimiz boyliklarini tashib ketishni mana shu rejimlar yordamida amalga oshirmoqda. Shuning uchun qilinadigan muhim ishlarning eng muhimi, mustamlakachi kofirga orqa qilayotgan shu rejimlarni sharʼiy yoʻl bilan oʻzgartirishdir:
وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنْصَرُونَ
“Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biror doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas” [Hud 113]
Ularni sharʼiy yoʻl bilan oʻzgartirsakgina, mana shu korruptsiya, buzuqlik va buzgʻunchiliklardan hamda mustamlakachi davlatlarning iflosligidan xalos boʻlamiz. Bu mustamlakachi davlatlar Amerika, Britaniya va yo boshqa boʻlishining farqi yoʻq. Chunki Islom va musulmonlarga dushmanlikda kufr bitta millatdir. Kimda-kim Islom va musulmonlarni yomon koʻruvchi bu davlatlarga ergashsa yoki ular bilan bevosita va bilvosita ittifoqdosh boʻlsa, shuningdek ularning rejalarini, loyihalarini amalga oshirib, ular eʼtiqod qilgan ilmoniy tuzumni himoya qilsa, demak u jinoyatkordir. Uning oqibati esa, xorlik-sharmandalikdir.
سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِنْدَ اللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ
“Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib oʻtgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajak” [Anʼom 124]
Mavjud rejimlarni agʻdarib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish muammolarimiz yechimidir, bundan boshqa yechim yoʻqdir. Mishmishchilarga uzoq koʻrinsa ham, qoʻrqoqlar ogʻir tuyulsa ham, shunday. Lekin harakatni Alloh Subhanahu va Taologa xolis qilish, Rosulullohga sidqidildan ergashish, Allohning izni ila, uzoqni yaqin qiladi:
وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَنْ يَكُونَ قَرِيبًا
“Hali ular: “U (kun) qachon boʻlur?” deb (soʻraydilar), “shoyadki yaqin boʻlsa”, deb ayting!” [Isro 51]
Keyin kuchli, qudratli boʻlgan Allohning vaʼdasi roʻyobga chiqadi:
وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
“Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 3-4]
2 robiul-avval 1439h
20 noyabr 2017m