Saudiya (Isroil) bilan diplomatik aloqa oʻrnatish uchun yoʻl xaritasiga ega
Yahud vujudi bilan toʻliq diplomatik aloqani oʻrnatish uchun Saudiya Arabistonining yoʻl xaritasi mavjud. Bu haqida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr maʼlum qildi. Vazirning taʼkidlashicha Saudiya taraf diplomatik qadamlarni tashlash uchun Falastin va (Isroil) oʻrtasidagi tinchlik yarashuvini kutmoqda.
Frantsiyaning 24 kanaliga intervьyu bergan Adil al-Jubayr Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hukumat ishlariga aralasha boshlagandan buyon Saudiya va (Isroil) oʻrtasidagi siyosatni tartibga solishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganligini qayd etdi.
“Mintaqada tobora ortib borayotgan Eronning taʼsiri Saudiya Arabistoni va (Isroil)ning har ikkisi uchun ham xavotir manbai boʻlib qolmoqda”, dedi Saudiya tashqi ishlar vaziri.
Livanda chiqadigan “Al-Ahbar” gazetasi noyabr oyi oʻrtalarida Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning Saudiya Arabistoni va (Isroil) oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish rejalari haqida yozgan edi.
Adil al-Jubayr Frantsiyaning 24 kanali bilan suhbatda AQSh siyosatiga baho berar ekan, Donald Tramp maʼmuriyatining Yaqin Sharq masalasida yuritayotgan siyosatiga tasannolar bildirdi.
“Tramp maʼmuriyati (Isroil) va arablar oʻrtasida tinchlik oʻrnatish borasida jiddiy harakat olib borayotganiga ishonamiz”, dedi Adil al-Jubayr.