Erbash: Shariat qonunlari bilan davlat qonunlari oʻrtasida ziddiyat mavjud

983
0

Erbash: Shariat qonunlari bilan davlat qonunlari oʻrtasida ziddiyat mavjud

Turkiyaning diyonat ishlari boʻyicha vaziri professor doktor Ali Erbash hozirda davlat qonunlari bilan shariat hukmlari oʻrtasida farq mavjudligini va bu ikkisi bir-biriga uygʻun emasligini bildirdi. Diniy kengash tomonidan davlat qonunlariga zid ravishda chiqarilgan fatvolarning ommaviy axborot vositalarida reaktsiyaga uchrashi Ali Erbashning “Evroosiyo Islom Kengashi fatvo majlisi”da bu haqida soʻz ochishiga turtki boʻldi. Erbashning taʼkidlashicha, diniy kengash tomonidan chiqarilgan fatvolar bilan davlat qonunlari oʻrtasida ziddiyat mavjud. Birida joiz boʻlgan narsa ikkinchisida harom boʻlishi mumkin.

“Masalan, – deydi diyonat ishlar vaziri – davlat tizimidagi qonuniy (halol boʻlgan) ish diniy nuqtai nazardan joiz boʻlmasligi, yaʼni harom boʻlishi mumkin. Bunga foiz (sudxoʻrlik) masalasini misol qilib keltirish mumkin. Foiz davlatga koʻra qonuniydir (yaʼni haloldir). Ammo Islom diniga koʻra taqiqlangan. Yoki mast qiluvchi ichimliklar, qimor oʻyinlari, omadli oʻyinlar (lotariyalar) va hokazo… bularning haromligi oyatlarda ochiq-oydin bayon qilingan. Bular haqida berilgan savolga “joiz emas” yoki “haromdir” deb fatvo berilgan boʻlsa, ayrim kimsalar oʻzlaricha bu fatvoga qarshi chiqadilar. Bu yerda davlat nazarida qonuniy (halol) boʻlgan narsa baʼzan diniy nuqtai nazardan joiz emasligi, haromligi maʼlum. Fuqarolar kengash tomonidan berilgan fatvolarni koʻrganlarida shu narsaga eʼtibor berishlarini istardim”.

Ali Erbash davlat ruxsat bergan narsalarning harom deb fatvo berilishiga qarshi chiqqan kimsalarga raddiya berar ekan, sharʼiy hukmlar davlat qonunlariga emas, balki Qurʼon, Sunnat, Ijmo va Qiyosga tayanishiga urgʻu berdi.

“Ayniqsa, ayrim kimsalar – davlat qonuniy (halol) qilib qoʻygan narsa yoki ishlarni sen qanday harom qila olasan – deya bir qancha tanqidlarni yogʻdirib tashlaydi. Bu yerda kengashimiz yoki fatvo berish vazifasi yuklatilgan kishilarning tayanadigan asoslari Qurʼon, Sunnat, Ijmo va Qiyosdir. Bundan tashqari mazhablarning qarashlari ham bor”, dedi Ali Erbash.

Diyonat ishlari vaziri soʻzining yakunida Qurʼoni Karimning Moida surasidan ushbu oyatni keltirdi:

أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Iymonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!. (Moida 50)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.