General Makmaster: Moʻʼtadillik masalasida AQSh Turkiyaga muhtoj
Oq uyning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi general Gerbert Reymond Makmaster Amerika moʻʼtadillik (dinni davlatdan uzoq tutish) masalasida Turkiyani doim qoʻllab-quvvatlab kelayotganligini va buni toʻxtatish niyati yoʻqligini bildirdi. Makmasterga koʻra, Islom dunyosiga zamonaviylik, moʻʼtadillik va rivojlanish qanday boʻlishini namoyish qilishda Turkiyaning roli katta. Bu masalada AQShning Turkiyaga ehtiyoji bor.
“AQSh uzoq vaqtdan buyon Turkiyani qoʻllab-quvvatlab kelmoqda va buni yana davom ettiradi. Turkiya uzoq zamonlardan buyon islohotlar oʻtkazish, zamonaviylashish, moʻʼtadillik va rivojlanishning goʻzal namunalarini Islom dunyosiga namoyish qilib kelayotgan davlatdir. AQSh, Yevropa va Yaqin Sharq Turkiyaning bu yoʻlda namuna boʻlishiga muhtojdir”, dedi Makmaster.
Shuningdek Oq uy maslahatchisi AQSh va Turkiya ekstremistik tahdidlarga qarshi birgalikda qarshi kurash olib borishi lozimligini ham qoʻshimcha qildi. Makmasterning taʼkidlashicha, Suriya terrorchi guruhlarning xafvsiz markaziga aylanib qolishini oldini olish uchun AQSh maʼmuriyati Turkiya bilan birga harakat qilishi kerak.
“AQSh va Turkiya boshqa ittifoqchilari bilan hamkorlikda bu tahdidlarga (Radikal mafkuralarga) qarshi birgalikda harakat qilishi kerak. Men ham Prezident Donald Tramp kabi Turkiya va AQSh oʻrtasidagi mustahkam ittifoqqa ishonadigan kishilardan biriman”, dedi maslahatchi.
Makmaster bu bilan avvalroq Turkiya haqidagi bergan bayonotiga tuzatish kiritgan boʻldi. U oʻtgan seshanba kuni ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotida Turkiya radikal islomiy mafkura targʻibotchilarini qoʻllab-quvvatlovchi mamlakatlardan biri ekanligini olgʻa surgan edi. Bunga qarshi Turkiya tashqi ishlar vazirligi “Mamlakatimiz terrorizm va radikalizmning har qanday turi bilan qanday karshi kurashayotganligini eng yaxshi bilishi kerak boʻlgan mansabni egallab turgan milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchi Makmasterning haqiqatdan uzoq daʼvolari, qabul qilib boʻlmaydigan hayratlanarli va asossizdir”, deya bayonot bergan edi.
Turkiston:
“Moʻʼtadillik” diniy niqobi ostidagi kufr yoʻnalishining asoschilari oʻzlarini namoyon qila boshlashdi! (Sen menga doʻstingni ayt, men senga kimligingni aytib beraman).
Qirgʻiziston ichida “moʻʼtadillik”ka asoslangan diniy ulamolar ham buni koʻrib, oʻzlarining diniy rahnamolari kim ekanini bilib olishsa yaxshi boʻlar edi. Negaki “moʻʼtadillak” termini bilan kirib kelayotgan oqim, kufrga itoat qilib va boʻyin egib yashashni oʻrgatadigan robitadir. Hatto uni gʻoyriislomiy (kufr) yoʻnalishi deb atash toʻgʻriroq boʻladi!