Tereza May: Terrorga (Islomga) qarshi birgalikda kurashyapmiz
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Londondagi “10 Dauning-strit” bosh vazir rezidentsiyasida Britaniya bosh vaziri Tereza May bilan uchrashdi. Ikki tomonlama muzokaralarning matbuotga ochiq qismida bayonot bergan Binali Yildirim yil boshida Tereza Mayning Turkiyaga qilgan tashrifi ikki davlat oʻrtasida yangi hamkorlik, ayniqsa mudofaa sanoati va investitsiya imkoniyatlariga yoʻl ochganligini bildirdi.
“Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarimizni koʻrib chiqamiz hamda Iroq va Suriya oʻrtasidagi mintaqaviy muammolar, shu jumladan terrorizmga (Islomga) qarshi kurash masalasini ham muhokama qilamiz. Ushbu tashrif oʻzaro munosabatlarni mustahkamlash uchun imkoniyatdir”, dedi Yildirim.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza May esa oʻz nutqida shunday dedi:
“Turkiya bilan munosabatlarimiz biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ikkimiz ham turli global masalalarga duch kelmoqdamiz. Turkiya bilan terrorga (Islomga) qarshi birgalikda kurashyapmiz. Shuningdek oʻrtamizda hajmi 15 milliard funt sterlinga yetgan savdo sotiq ham mavjud. Turkiyaga tashrifimdan buyon oʻzaro munosabatlarimizdagi oʻzgarishlarni koʻrganimdan mamnunman”.
Tereza May bilan Yildirim oʻrtasida amalga oshirilgan alohida uchrashuvdan keyin ikki tomonlama delegatsiyalar oʻrtasida ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.