Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tekshirishga yana veto qoʻydi

866
0
GERMANY/

Rossiya Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tekshirishga yana veto qoʻydi

 Rossiyaning qoʻygan vetosi natijasida kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining ekspertlari juma kundan boshlab Suriyadagi kimyoviy qurollardan foydalanish bilan bogʻliq hodisalarni oʻrganish masalasida faoliyatlarini toʻxtatishadi.

 Rossiya ekspertlarning yaqinda eʼlon qilgan xulosalariga oʻz eʼtirozini bildirgan edi. Xulosada shu yilning 4 aprel kuni mamlakat shimolidagi Xon-Sheyxun qishlogʻi atrofida zarin asab-toliqtiruvchi gazini ishlatishda Suriya armiyasiga ayb qoʻyilgan edi. Hujum oqibatida 90dan ortiq tinch aholi vakili halok boʻlgan. Komissiya xulosa chiqarishda guvohlarning soʻzlariga, foto va videomaterillarga, tuproq namunlari tahlillariga tayandi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan hodisa joyida tekshiruv ishlari olib borilmadi, ayni shu xolat Moskvaning tanqidlariga sabab boʻldi.

 Moskvaning bu hatti-harakatlari Vashington va uning ittifoqchilari tomonidan norozilik bilan kutib olindi. AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining aytishicha, Rossiya amalda Suriyada zaharli mahsulotlarning ishlatilishiga oq yoʻl  tilamoqda, bu oʻz navbatida harbiy jinoyat hisoblanadi.

 “Navbatdagi kimyoviy qurollarning ishlatilishi bilan bogʻliq hodisa yuz bersa bu sizning vijdoningizga havola”,- deya bayonot berdi Xeyli Rossiya delegatsiyasiga qilgan murojaatida.

 Rossiya  oʻninchi bor Xavfsizlik Kengashining Suriyadagi inqirozga bagʻishlangan rezolyutsiyasiga veto qoʻymoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.