Qirgʻizistonning davlat qarzi 301 million dollarga koʻpaydi
Qirgʻiziston moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan maʼlumotga koʻra, malakatning davlat qarzi yil boshidan buyon 301 million AQSh dollari (+7,4 foiz)ga oshib, 4 milliard 367 million dollarga yetgan.
Boʻlib hisoblanganda bu quyidagicha koʻrinishga ega: tashqi qarz yil boshidan buyon 225,4 million dollar (6 foiz) ga oshib, 3 milliard 968 million dollarga yetgan, ichki qarz esa 76 millionga oshgan (+23 foiz) va 398 million dollarni tashkil etmoqda.
Qirgʻiziston eng koʻp Xitoyning “Eksimbank”idan qarzdor – 1,63 milliard dollar (davlat qarzi umumiy summasining 37 foizi). Ikkinchi oʻrinda Butunjahon banki tuzilmalari (Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro valyuta fondi) – 838 million dollar (ulush 19 foiz). Uchinchi oʻrinda Osiyo taraqqiyot banki – $601 mln. dollar (14 foiz).
Bu moliya tashkilotlaridan olingan qarzlar moliya vazirligi tasnifi boʻyicha imtiyozli hisoblanadi.
Agar tashqi qarz mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosiga boʻlinsa, jon boshiga 1204 dollardan toʻgʻri kelar ekan.