بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyatidan qoʻzgʻolon guruhlari yetakchilariga ochiq xat
Bismillahir Rohmanir Rohim. Butun olam Parvardigori Allohga hamdu sano boʻlsin, Rosuli sarvari olamga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd:
Abu Muso G Nabiy Adan rivoyat qiladi:
“إِنَّ مَثَلِي وَمَثَلُ مَا بَعَثَنِي اللهُ بِهِ كَمَثَلِ رَجُلٍ أَتَى قَوْمَهُ، فَقَالَ: يَا قَوْمِ إِنِّي رَأَيْتُ الْجَيْشَ بِعَيْنَيَّ، وَإِنِّي أَنَا النَّذِيرُ الْعُرْيَانُ، فَالنَّجَاءَ فَأَطَاعَهُ طَائِفَةٌ مِنْ قَوْمِهِ، فَأَدْلَجُوا، فَانْطَلَقُوا عَلَى مُهْلَتِهِمْ، فَنَجَوْا، وَكَذَّبَتْ طَائِفَةٌ مِنْهُمْ، فَأَصْبَحُوا مَكَانَهُمْ، فَصَبَّحَهُمُ الْجَيْشُ، فَأَهْلَكَهُمْ وَاجْتَاحَهُمْ فَذَلِكَ مَثَلُ مَنْ أَطَاعَنِي، فَاتَّبَعَ مَا جِئْتُ بِهِ وَمَثَلُ مَنْ عَصَانِي وَكَذَّبَ بِمَا جِئْتُ بِهِ مِنَ الْحَقِّ”
“Mening va men yuborilgan qavmning misoli shunday kishiga oʻxshaydiki, u oʻz qavmi oldiga borib, ey qavm, men oʻz koʻzim bilan dushman qoʻshinini koʻrdim va men ochiq (yalangʻoch) ogohlantiruvchiman, bas, najot toping, najot toping, deydi, shunda unga qavmining bir toifasi itoat qilib, tunda yoʻlga tushadilar va yoʻlda ehtiyot boʻlib yurib, dushman qoʻshinidan najot topadilar. Ulardan bir toifasi esa, ishonishmaydi, turgan joylarida tong ottiraveradi, dushman qoʻshini tongda yetib kelib, ularni halok qilib, qirib tashlaydi. Bu menga itoat qilib, keltirgan haqiqatimga ergashgan kishi bilan menga osiylik qilib, keltirgan haqiqatimga ishonmagan kishining misolidir”.
Uryon-yalangʻoch ogohlantiruvchi aslida bunday boʻladi: qachon kishi qavmini qoʻrqish shart boʻlgan narsadan ogoh etmoqchi boʻlsa, darhol kiyimlarini yechadi, kiyimlarini ularga hilpiratib, tezroq oldimga kelinglar, sizga bostirib kelayotganlar haqida xabar qilaman, deydi. Bu ishni asosan, qavm kattasi va yetakchisi qiladi, chunki hamma qiziqib, eʼtibor berib qaraydigan oʻsha boʻladi, u dushmandan ogohlantirishga hammalaridan koʻra mohir boʻladi.
Mana, buyuk qoʻzgʻolonimiz yetakchilari! Davom etayotgan urushni toʻxtatib qoʻyishdi, qoʻshinlarini bira toʻla “uxlatib” qoʻyishga hozirlanishyapti, vaholanki qoʻshinlari hali jangga otilib turgandilar… Bas, ushbu qoʻshinlar ham yalangʻoch ogohlantiruvchiga juda-juda muhtoj… ularga ham kiyimini yechib ularga hilpiratib, quloqlariga oʻz soʻzlarini eshittiradigan, qoʻzgʻolonlarini chor atrofdan makru nayranglar qurshab olganini va ularga qarshi xavf kelayotganini bayon qiladigan, ularni gʻaflat uyqusidan uygʻotib, ularga qutulish yoʻlini koʻrsatadigan, “ey qavmim, men yalangʻoch ogohlantiruvchiman, najot toping, najot toping”, deya qichqiradigan rahbar kerak.
Shom qoʻzgʻolonidagi aksar yetakchilarning qanchalar xatolar sodir etib, qoʻzgʻolonni ham, butun Ummatni ham qanchalik buyuk halokatga yetaklayotganini anglab yetar ekanmiz, biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari, barchalariga ushbu ochiq xatni yetkazmoqdamiz. Umid qilamizki, shoyad bu xatimiz barchalariga ochiq ogohlantiruvchi boʻlib, qanday vaziyatda qolganlarini quloqlariga eshittirsa, koʻngillaridan joy olsa-da, keyin barchamizga, Alloh Oʻzining fazli va marhamati darvozalarini ochib, qoʻzgʻolonimizni xavfli koʻchadan qutqarib olib chiqsa, bizni jobir podishohlar zulmatidan, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik ostidagi nusrat va gʻoliblik nuriga olib chiqsa.
Ey qoʻzgʻolon yetakchilari! Koʻrib turibsiz, sizning qilmishingiz sababli bugun qoʻzgʻolon kemasi halokat jarligi tomon ketmoqda… mudom shunday davom etadigan boʻlsa, yurtning turli burchaklarida ozod etilgan hududlarimizdan qolgan-qutganlari ham dahshatli xavfga qarab ketayotganidan ogohlantirmoqda… bu mintaqalar ustida, urush amirlari bir-birlari bilan nizolashib yotibdi, Jenevadan tortib, Ostonagacha yigʻinlarda qatnashishyapti, u yerlarda dushmanlarimiz rejim bilan oʻt ochishni toʻxtatib, sulh tuzishga, shu amirlar bilan birga va bitta hukumatda hamkorlik qilishga, oʻtgan yetti yil mobaynida Shomdagi dindoshlarimiz bergan shuncha qurbonliklarni sotishga bitim tuzyapti…
Darʼada qoʻzgʻolonchilar avvalda koʻzlari Damashqni fath qilish sari boqayotgan edi, hozirga kelib, oyoq-qoʻllariga yana kishan solindi, “oʻlim boru xor boʻlish yoʻq”, degan janglarini toʻxtatishga majbur qilindi… Gʻutada Jayshul Islom bilan Faylaqur Rahmon guruhlari bir-birlarini “goʻshtini yeb” yotgan bir paytda, qonxoʻr rejim kuchlari tashabbusni egallab, bosimni, bombardimonni kuchaytirdi, bu ikki guruh boʻlsa, hamon nufuz talashib, bir-birlari bilan “asirlar” almashish bilan band! Homs shimolida mish-mish tarqatuvchi kimsalar kuchli taʼsirga ega frontlarni ochilishiga xalaqit berishmoqda, qoʻzgʻolonchilarni ham, xalqni ham vahimaga solishmoqda!
Suriya sharqida esa, avval Davlat tashkiloti u yer aholisiga oʻzining buzuq xalifalik va islomiy tushunchalarini tarqatgandan soʻng, uning nazorati ostidagi hududlarni qonxoʻr rejim tortib oldi, endi bu hududni tashlab ketishga tayyorlanmoqda-yu, ammo u yer aholisidan hech kim uning ketayotganidan mutlaqo afsuslanayotgani yoʻq. Bu tashkilot muqobilida, hududga Suriya demokratik kuchlari kelib, uning qoʻl ostidagi yerlarni rejimga qayta olib berdi… Unga qadar esa, hududda kurd yetakchilari AQShga itoat qilish rolini oʻynashgan edi, soʻng kurd davlatini barpo etib berish vaʼdasi quruq sarobdan boshqa narsa emasligiga amin boʻlishgach, mintaqani tark etishgan edi…
Furot qalqoni amaliyoti oʻtkazilgan mintaqalarga kelsak, turklar qoʻzgʻolonchilarni rosa boshini aylantirishdi va shu orqali qoʻzgʻolonlarini oʻldirishdi… Endi qoʻzgʻolonchilar uchun birdan-bir boshpana va qoʻrgʻon boʻlib turgan Halab yaqinidagi mintaqalarda ham qoʻzgʻolonni oʻldirishga hozirlanishyapti. Zotan, kofir Gʻarb ayni boshpana boʻlayotgan yerlarga ham terroristlik boʻyogʻini choplashga urinyapti, ammo qoʻzgʻolonchi guruhlarda na biror yoʻnalish va na maqsadlari borligini koʻrasiz.
Biz Tahrir Shomning kofir Gʻarb qoʻygan tuzoqqa qanday ilinganini, hamon undan chiqa olmayotganini koʻrib turibmiz. U Ahror Shomga qarshi jang qilish koʻchasiga kirib, shimoliy gʻarbiy yerlarda nazorat oʻrnatganidan keyin shunday boʻldi… Endi u oʻz oldida ikki variant bor, uchinchisi yoʻq, deb oʻylayapti: Yo anavi Davlat tashkiloti yoʻlidan yurib, Islom ahkomlari notoʻgʻri tushunadi va uni xato tatbiq etish bilan odamlarga buyuk islomiy loyihani yomon koʻrsatadi, shu paytgacha yurtni xarobazorga aylantirib boʻlgach, keyin odamlarni har qanday ilmoniy loyihaga rozi boʻladigan, har qanday bosqinchining kirishiga koʻnikadigan qilib tayyorlaydi… Ikkinchi variant, boshqa ayrim guruhlar singari buyruqqa tiz choʻkadi va bor-bud oriyat libosini yechib tashlab, “Idlibni Raqqa va Mosul uchragan qismatdan qutqarib qolish” daʼvosi bilan avval Gʻarb malaylari boʻlgan ilmoniylarga, keyin rejimga shaharni ochib beradi.
Soʻnggi paytlarda fuqarolik maʼmuriyati, degan fikr oʻrtaga tashlanmoqda. Bundan maqsad Gʻarbga “biz endi yuvosh qoʻzilarga aylanib terrorchi boʻlmay qoldik” degan tasavvurni berishdir. Aslida bu ularni rejim qamogʻiga qaytarish uchun tashlanayotgan navbatdagi qadamdir. Bungacha shu fikr orqali asosiy maqsaddan, yaʼni bu rejimni agʻdarish va Islom boshqaruvini barpo etishdan burishga harakat qilindi. Bu asosiy maqsad qoʻzgʻolonning avvalgi ikki yilida tiniqlashgan edi. Bu ishlar oʻrtaga tashlanayotgan fuqarolik maʼmuriyati haqidagi umumiy mafkura asosida olib borilmoqda. Maqsadlari ikki ehtimol oʻrtasida: yo xizmat koʻrsatish ishlarini bitta muassasaga birlashtirish uchun faqat maʼmuriy uslubga cheklanish yoki siyosiy jihatdan koalitsiya kuchlariga boʻysunuvchi kichik ilmoniy hukumat tuzish.
Suriya “islomiy” Kengashi, guruhlarni oʻtish davri hukumati tomonidan tuzilgan mudofaa vazirligi ostiga birlashishga chaqira boshladi. Bu hukumat siyosiy jihatdan xoin ilmoniy koalitsiyaga tobe. Ayni koalitsiya esa, qoʻzgʻolon dushmanlari bilan Moskva va Qohira platformasida, qonxoʻr rejim tarafida turib, qoʻzgʻolonning oʻlganini eʼlon qiladigan bitta jismda birlashishga tayyorgarlik koʻrmoqda… Bu soʻngi chaqiriqlar haqida biz aytamizki, mazkur birlashish chaqirigʻi ichkarida magʻlubiyatga uchragan, gʻarbparast va oʻzlariga biror ziyon kelishidan qoʻrqayotganlarning Islomiy loyiha tiklanishi oldini olish uchun unga qarshi urinishidan boshqa narsa emas. Shu bois guruhlar oʻrtasida birlashish va bir-biri bilan qirpichoq boʻlish fitnasini qayta uygʻotishga, Shomdagi xolis qoʻzgʻolonchilar oyoqlariga zolim xalqaro tizim kishanlarini solishga urinishyapti. Bu narsani guruhlarni “endi biz musulmonlar va mujohid guruhlar sifatida birlasha olmaymiz, faqat ilmoniy milliy loyiha asosida birlasha olamiz, xalqaro tizimga bogʻliqlikdan qutulishning aslo imkoni yoʻq, peshonamizga shu Gʻarbning amri irodasi yozilgan ekan”, degan narsaga ishontirish orqali amalga oshirishmoqchi!
Ey qoʻzgʻolonchi guruhlar yetakchilari, nahotki, shuning uchun qoʻzgʻalgan boʻlsangiz?! Nahotki, shuncha ming-minglab shahidlar, yuz minglab yarador va majruhlar, mahbuslar, oʻn milliondan ziyod qochqinlar, oʻn minglab vayron etilgan uy-joylar, yana oʻshancha maktablar, shifoxonalar, bozorlar… shuncha berilgan qurbonliklardan soʻng anavi qonxoʻr rejimga xorlarcha tiz choʻkasizmi?! Ozod erkaklarimiz orqasiga oʻzining olovli gurzisi bilan urishiga, hur muslimalarimizni qayta qamoqlariga tashlashiga qoʻyib bermoqchimisiz?! Oʻzingiz pishiq-puxta qilib qilgan ishingizni oʻz qoʻlingiz bilan buzib tashlaysizmi?!
Ey guruhlar yetakchilari, kasallikning barchaga maʼlum boʻla boshlagan sabablarini eslatish uchun, avvalo qoʻzgʻolondagi ofatlar ofatini, yaʼni sizni shuncha muammolar va qattol xatolar sodir etishga undagan omilni eslatmoq lozim. Ogoh boʻlingki, bu ofat qoʻzgʻolon dushmani boʻlgan Gʻarb davlatlariga yoki ularga malay davlatlarga bogʻlanib qolganingizdir. Turkiya, Saudiya, Qatar va Iordaniya kabi davlatlar zahriqotil siyosiy mablagʻlarni berish orqali yolgʻondan qoʻzgʻolonga sadoqatli ekanini daʼvo qiladi. Bu davlatlarning razvedka boshqarmalari qoʻzgʻolonni harakatga keltiruvchi kishilarga, guruh yetakchilari va rejim armiyasidan ajralib chiqqan zobitlarga boshidanoq bogʻlanishga harakat qilib keladi. Biz Alloh Taoloning
إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّوا عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ
“Albatta, kofir boʻlgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun ishlaturlar” [Anfol 36]
degan kalomiga tayanganimiz holda, shuni qatʼiy ayta olamizki, bu qoʻllab-quvvatlovlar bir kun ham Allohning rizosi uchun boʻlmagan, balki faqat qoʻzgʻolonni oʻz yoʻlidan adashtirish va maqsadidan voz kechtirish maqsadida qilingan. Yaqinda, Allohning izni ila, Amerikaga yaloqxoʻr rejim agʻdarilib, oʻrniga roshid Xalifalik barpo boʻlganda bu davlatlar va ularning rejimlari albatta magʻlubiyatga yuz tutajaklar.
Ha, biz dunyodagi makr bobida ustasi farang boʻlgan bu kimsalarning mana shu nopok mablagʻlar bilan nimalarga qodirliklarini bilganmiz va ulardan tinimsiz ogohlantirib kelganmiz… Haqiqatda ham ular guruhlarni Damashq rejimini oʻz inida agʻdarib tashlashdek maqsadlaridan chalgʻitishga boshdanoq qodir boʻlishdi, ulardan tashabbusni oʻz qoʻllariga olib, hali u yerda, hali bu yerda soxta urushlar keltirib chiqarishdi, shu orqali guruhlarning haqiqiy loyiha atrofida birlashishlarini oldini olishdi. Buni oldini olibgina qolmay, hatto guruhlarni bir-birlari bilan urushishga hamda qoʻzgʻolonning ilmoniy va ularning malaylari sifatidagi vakillariga rozi boʻlishga undashdi, qoʻzgʻolonni Jeneva va Ostonada qonxoʻr bilan bitim imzolashdek gunohga yetaklashdi… bu sulh, shaharlarni birma-bir barchasini topshirish, mintaqalarni qoʻzgʻolonchilardan boʻshatish, irodasi zaif kishilarning rejim bilan sulh tuzayotganini olqishlash bitimi boʻldi. Agar qoʻzgʻolon va uning ahli kofir Gʻarb davlatlari doxil dushmanlar qarorlariga garov boʻlib qolishmaganda bu ham, bundan boshqa narsalar hargiz sodir boʻlmagan boʻlardi.
Agar ortga bir bora nazar solsak, qoʻzgʻolonni bu darajada yemirilib, beqaror ahvolga tushishining asl sababini bilib olamiz. Bu sabab qoʻzgʻolonchilarga ayni harom mablagʻni olishni muboh qilib bergan fikrlardir. Ayni fikrlarning birinchisi, gʻoya vositani oqlaydi, degan kapitalistik mafkuradir. Alloh Subhanahu nopok holda oʻqilgan namozni hamda baxillik bilan berilgan sadaqani qabul qilmaydi, ular goʻyo oʻzlarini bundan bexabar tutishmoqda! Ikkinchi sabab, ayrim “islomchi” guruhlar miyalariga “manfaatimiz yirik davlatlar manfaati bilan kesishadi”, degan fikrning oʻrnashib qolishidir. Bu guruhlar ochiq bir haqiqatdan gʻaflatda qolishdi. Bu haqiqat shuki, ular guruh sifatida davlatlar bilan tenglasha olmaydilar. Agar bu guruhlar ularning qoʻllab-quvvatloviga rozi boʻlsa, ular bilan aloqa qilish teng kuchlar aloqasi boʻlmaydi. Balki davlatlar bu guruhlardan foydalanish, ularga hukmini oʻtkazish va ularni ishlatish uchun ular bilan aloqa qiladilar. Uchinchi sabab, rejimdan qutulish uchun shayton bilan ittifoqchi boʻlish mumkin, degan fikrdir. Vaholanki ular shayton bilan ittifoqchilik bizni halokatga olib boradi, rejimni esa muvaffaqiyatga eltadi, degan haqiqatdan goʻyo oʻzlarini bexabar tutishdi! Chunki rejim shu shaytonning yollangan malayidir. Shaytonlar qandaydir xayriya tashkilotlari emas, balki tirnoqli panjalari bilan chang soluvchi yirtqichlardir, ular bilan hazillashish faqat afsus va nadomatga olib boradi:
يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلَّا غُرُورًا
“(Shayton) ularga vaʼdalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan vaʼdalar faqat yolgʻon-sarob boʻlib chiqar” [Niso 120]
Toʻrtinchi sabab, manfaatni jalb qilish, fasodni daf etish, degan hujjat bilan sharʼiy asoslardan chekinish mumkin, degan fikrdir. Oqibatda ayrim oʻzini olimligini daʼvo qilayotganlarda mana shu “manfaat” Alloh oʻrniga sigʻinadigan ilohga aylanib qoldi! Beshinchi sabab, sharʼiy siyosatni buzuq tushunish. Hatto, ayni siyosatni buzuq tushunuvchilar nazdida sharʼiy siyosat, Allohning dini borasida kofirlarga yon berishdan oʻzga narsani anglatmay qoldi, balki Allohning dinidan va uni sharʼiy siyosat sifatida barpo etishdan butunlay voz kechishga aylandi!
Ey qoʻzgʻolonchi guruhlar! Bularning bari biz koʻrayotgan achchiq voqelik va uning sabablaridir, ularni sizga xat orqali omonat yetkazyapmiz, bundan avval ham takror-takror yetkazgan edik, biroq siz tomoningizdan faqat eʼtiroz va mensimaslik boʻlgan edi, xolos.
Ammo biz qoʻzgʻolonning barcha muammolarining asl yechimini va dardlariga boʻlgan shifoi tomini ham koʻryapmiz, bas, sizni vaqt kech boʻlmasidan turib, uni qabul qilishga daʼvat etamiz. Bundan tashqari, bundan avval ham sizlarga biz tomonimizdan takror-takror yetkazilgan, biroq siz tomoningizdan faqat eʼtiroz va mensimaslik boʻlgan yana qator narsalar ham bor: ayni buyuk qoʻzgʻolon taqdiri haqida jiddiy va masʼuliyat bilan fikrlashingiz, uning bergan shuncha qurbonliklarini yuksak qadrlab, dushmanlarining naqadar xavfliligini baholashingiz, toʻgʻri yoʻl sari, yaʼni qoʻzgʻolonning oʻzgarmas gʻoyasini qayta diqqat bilan ochiq belgilab olish sari ilk qadamlarni tashlashingizdir. Ha, bu rejimni ildizi bilan agʻdarib, mustamlakachi Gʻarb nufuzidan ozod boʻlish, Ummat davlatini, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish gʻoyasidir. Shuningdek, zudlik bilan barcha qoʻzgʻolon dushmanlari bilan aloqalarni uzib, ulardan kelayotgan siyosiy mablagʻlar yoʻlini buzib tashlashingiz, oʻzaro boʻlinish, nizolashish va qirpichoq boʻlishni bas qilishingiz, keyin esa, biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari doxil birodarlaringiz sizga taqdim etgan Kitobu Sunnatdan istinbot qilingan ochiq siyosiy loyiha asosida barchangiz birlashishingiz, Hizb bilan birgalikda, uning siyosiy yetakchiligi ostida, qoʻzgʻolon maqsadlarini amalga oshirib, Ummat manfaatlari va ikki dunyo baxt-saodatini roʻyobga chiqarib, uni ulugʻ ummatlik maqomiga qayta koʻtarish orqali Allohning rizosini olishingizdir.
Ey qoʻzgʻolon yetakchilari! Sizning hozirgi pozitsiyangiz bilan biz sizni chaqirayotgan pozitsiya oʻrtasida farq juda katta va oʻrtadagi jarlik ham juda keng. Biroq kim najot topishni istasa hamda hech kimni qoldirmay halok etish uchun bostirib kelayotgan ofatdan oʻzini ham, ahlini ham qutqarmoqni xohlasa, ayna pozitsiyasidan bizning pozitsiyaga koʻchishi zarur boʻladi. Zotan, bu ish, Alloh haqqi, yengil kechadi, faqat yengil kechishining sharti bor: Alloh Azza va Jallaga xolis niyat qilib, Unga chiroyli tavakkul etishdir, buning uchun agar Allohga yordam bersak, U ham bizga dushmanlarimiz ustidan nusrat-yordam berajagiga, hatto ustimizdan insu jinlar yopirilgan taqdirda ham nusrat berajagiga chuqur ishonmoq kerak:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ
“Ey moʻminlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi” [Muhammad 7]
Ey guruhlar yetakchilari! Mana sizga, siz tushib qolgan xatoning voqei. Mana sizga, siz qoʻzgʻolon va uning ahlini yetaklab ketayotgan zulmatli taqdir. Mana sizga, biz yoritib berayotgan va sizni kirishga daʼvat qilayotgan umid eshigi. Siz ishlarni oʻrni-oʻrniga qoʻyib, qoʻzgʻolonni oʻz ahliga ishonib topshirib, bu eshikdan kirsangiz, oʻzingiz ham, ortingizdagi Ummat ham, Allohning izni ila, albatta najot topadi. Bas, najot toping-najot toping. Bu aytganlarimizni, menga sidqidildan qaygʻurib xolis nasihat qilyapti, xavfni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, kiyimini hilpiratgan holda undan qattiq ogohlantiryapti, xavfni keng yoritib beryapti, deb tushuning-da, unga amal qiling, bas, najot toping-najot toping.
Soʻzimizni tugatar ekanmiz, siz guruhlar yetakchilari, unutmang, Ummatingiz sizga qattiq ishonadi, siz bilan birga oʻzining xonumonini qurbon qildi. Nusrat va gʻoliblikka yetib borguncha ishni oxirigacha davom ettirishga, oxirigacha qurbonlik berishga tayyor. Faqat buning uchun albatta bir narsa kerak, uzoqdan boʻlsa ham umid chiroqlari miltillashi kerak. Yana shuni ham bilingki, shu ahvolda turaversangiz, Ummat sizni oʻzgartirishga tayyor turibdi, xuddi sizdan oldingilarni oʻzgartirgani kabi oʻzgartirishi muqarrar. Chunki hokimiyat shu Ummatniki, uni bugun yo ertaga har qanday bosqinchidan tortib oladi. Bas, Allohning qahridan, Ummatning gʻazabidan qoʻrqing. Zero, Ummat Parvardigorining shariati barpo boʻlishiga, Paygʻambarining royasi koʻtarilib hilpirashiga, uning oʻz ulugʻligini qayta olib beruvchi xalifasi saylanishiga intiq boʻlib turibdi.
فَلْيَحْذَرِ الَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِ أَنْ تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
“(Uning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar oʻzlariga biror fitna-kulfat yetib qolishdan yoki alamli azob yetib qolishidan hushyor boʻlsinlar!” [Nur 63]
Hizb ut-Tahrir Suriya viloyati
1 muharram 1439h
21 sentyabr 2017m