Rossiya AQShga “arxiv” notasi yubordi

746
0

Rossiya AQShga “arxiv” notasi yubordi

Rossiyaning San-Fransiskodagi yopiq Rus konsulligiga oid arxivlar Moskvaning tasdigʻi boʻlmagan holda AQSh tarafidan tekshiruvdan oʻtkazilgan. Soʻngra arhivlar qadoqlangan holda maxsus transport shirkatlari orqali Vashingtondagi bosh elchixona binosiga joʻnatilgan. Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vazirligining soʻzchisi Mariya Zaxarova haftalik matbuot anjumanida maʼlum qildi. Zaxarovaning bidirishicha, bundan norozi boʻlgan Rossiya tomon AQShga diplomatik nota taqdim qilgan.

“Albatta biz barcha bu harakatlar sababli AQShga diplomatik nota yubordik. Nota AQShning Moskvadagi elchixonasiga yuborildi, Bundan tashqari notaning bir nusxasi Vashingtonga ham yuborildi”, dedi Zaharova.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda aytilishicha, AQSh rasmiylari San-Fransiskodagi konsullik binosini eshigini buzib kirgan va u yerda ipidan ignasigacha tekshiruv olib borgan.

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi ham AQSh San-Fransisko konsulligidagi arxivlarning Vashingtondagi elchixona vakolatxonasiga topshirganligini bildirar ekan, xalqaro huquq buzilganligini taʼkidladi. Chunki, unga koʻra, Rossiya tomon arxivlarning konsullik binosidan koʻchirilishiga ruxsat bermagan.

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Moskvaning aralashganiligi haqidagi daʼvo ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarning taranglashuviga sabab qilib koʻrsatilgan edi. Shundan soʻngra AQSh maʼmuriyatining talabiga binoan Rossiyaning San-Fransisko, Nьyu-York va Vashingtonda konsulliklari yopildi. AQSh va Rossiya oʻzaro diplomatik missiyalarni kamaytirish yoʻlida qadamlar tashlaganligi aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.