Atambayev: YeOIIdan umid qilish kerak emas

550
0

Atambayev: YeOIIdan umid qilish kerak emas

 Qirgʻiziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga ulkan umidlar bilan qaragandi, dedi Almazbek Atambayev 12 mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.

  “Qirgʻiziston-Qozogʻiston chegarasidagi oxirgi voqealar biz YeOIIdan juda koʻp narsani umid qilib yuborganimizni koʻrsatdi. Albatta, bunga qaramasdan endi kelajakda ham qardosh Rossiya strategik hamkor va ishonchli ittifoqchi boʻlib qoladi. Lekin agar bu faqat bir kishining, hattoki u buyuk boʻlganida ham uninggina xohishiga bogʻliq boʻladigan boʻlsa, unda ittifoq ishonchli boʻlmaydi”,- dedi Atambayev.

 Atambayev hukumatga muqobil bozorlar – Oʻzbekiston va Xitoyni topish boʻyicha topshiriq bermoqchi ekanligini aytdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa yuklarni Rossiyaga temir yoʻl orqali joʻnatishni va vagonlarni plombalashni maslahat berdi.

 Turkiston:

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlishidan oldin Qirgʻizistonni huddi shunday oqibat kutib turgani aniq edi. Biroq Qirgʻiziston hukumati mamlakatni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga olib kirishida ham, Rossiya tomonidan tayyorlangan yoʻl xaritasini tasdiqlashda ham xalq fikrini inobatga olmadi. Yoʻl xaritasini hukumatdagi sanoqli amaldorlardan boshqa hech kim, hatto deputatlar ham koʻrishmagan boʻlsada, yoʻl xaritasi tasdiqdan oʻtdi va Qirgʻiziston YeOII aʼzo boʻldi.

Xalqning xohish-istagiga qarshi borib, mamlakatni YeOIIga olib kirgan mamlakat rahbariyati bu qadam muvaffaqiyat keltirishi, Ittifoqqa kirgandan soʻng Rossiya va Qozogʻiston bilan savdo hajmi keskin ortishini vaʼda qilgan edi. Amalda esa, mutlaqo aksi boʻlib chiqqanligini vaqt koʻrsatib turibdi.

 Mamlakatning YeOIIga aʼzo boʻlib kirishi oʻzining salbiy oqibatlarini koʻrsatishda kechikmadi. Ittifoqqa aʼzo boʻlishdan hech qancha vaqt oʻtmay oʻn minglab odamlarni ish bilan taʼminlagan “Dordoy”, “Qorasuv” bozorlari deyarli inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Qirgʻiziston iqtisodini asosi boʻlgan reeksportni kamayib ketishi natijasida esa davlat byudjetidagi kamomad yildan-yilga oshib boryapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.