“Islomiy terrorizm” Trampning ogʻzidan tushmay qoldi

835
0

“Islomiy terrorizm” Trampning ogʻzidan tushmay qoldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlarining xavfsiz holatini saqlab qolish uchun oʻz saʼy-harakatlari doirasida “radikal islomiy terrorizm” bilan bogʻliq jinoyatlarning keng yoyilishidan ogohlantirdi. Tramp bu haqida juma kuni tvittirdagi oʻzining rasmiy sahifasida yozdi.

“Radikal Islomdan kelib chiqqan terrorizmning tarqalishi tufayli Britaniyada jinoyatlarning yillik stavkasi 13%ga oshdi. Bu yaxshilikdan darak emas. Biz AQShning xavfsizligini saqlashimiz lozim”,- deya tivitladi Tramp.

Britaniyada chiqadigan “Daily Mail” gazetasi Tramp bu doirada Britaniya vakolatxonasi tomonidan chiqarilgan hisobotga tayanganligini bildirdi. Gazetaga koʻra, bu hisobot milliy statistika uchun chiqarilgan va unda 2013 yilning mart oyidan 2017 yilning iyun oyigacha Angliya va Uyelsda yuz bergan zoʻravonlik hollari qayd etilgan. Shuningdek gazetaning yozishicha, mazkur tadqiqot jinoyatlar nisbatining yuksalishida pichoq bilan hujum qilish voqealarini ortib borishiga eʼtibor qaratadi. Uning terrorizmga hech qanday aloqasi yoʻq.

Oʻtgan sentyabr oyida ham Tramp “radikal Islomiy terrorizm”ni tugatishga vaʼda bergan edi. Oʻsha paytda u birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasida qilgan nutqida “barcha masʼul davlatlar islomiy terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash uchun birgalikda harakat qilishlari kerak”, “Biz Islomiy terrorizmni albatta toʻxtatamiz. Chunki biz unga mamlakatlarimizni parchalab tashlashga imkon bera olmaymiz”,- degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.