Atambayev: Qozoq milliarderlari oʻz kelajagi haqida oʻylamoqda

986
0

Atambayev: Qozoq milliarderlari oʻz kelajagi haqida oʻylamoqda

 Almazbek Atambayev 18 oktyabr kuni “Ala-Archa” davlat qarorgohida prezident stipendiantlari oldida soʻzlagan nutqida maʼlum qilishicha, soʻnggi yillarda Qozogʻistonning harakati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatishga yoʻnaltirilgan.

 Uning taʼkidlashicha, prezident Nazarboyevning atrofidagi shaxslar bu – oligarxlar, qozoq milliarderlari boʻlib, ular Qozogʻiston va Nazarboyev haqida emas, balki oʻz kelajagi haqida oʻylamoqda.

 “Sababi Gʻarbdagi barcha banklarda oʻzlarining milliardlab mablagʻlar boʻlgan hisoblari bor, ular AQSh valyuta tizimi orqali nazorat qilinadi. Ularda hozir bitta vazifa: Qogʻozistonda hukumat oʻzgarganda oʻzlari bilan yaxshi munosabatda boʻlishlari uchun harakat qilish”, – dedi Atambayev.

 Prezidentning soʻzlariga koʻra, Qozogʻistonda oligarx hukumatning vazifasi umuman boshqa.

 “Soʻnggi qaror – Qozogʻistonda kirilldan lotin alifbosiga oʻtish bekorga qabul qilinmadi. Bu Rossiyadan uzoqlashish. Bu Qozogʻiston va AQSh dengiz-piyoda qoʻshinlarining Rossiya bilan chegaradagi qoʻshma mashqlari. Bugun shuni koʻrmoqdamizki, Qozogʻistonning harakatlari bugun emas, balki soʻnggi bir necha yil davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini qulatishga yoʻnaltirilgan boʻlgan. Qirgʻizistondagi saylovlar Qozogʻiston oligarxlari va Davlat departamentining Qirgʻizistondagi taʼsir koʻrsatish agentlari, mablagʻ oluvchi barcha NNT – hammasi birlashganini aniq koʻrsatib berdi”, – deya taʼkidlab oʻtdi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.