Qirgʻiziston-Qozogʻiston chegarasida vaziyat murakkablashdi
“Sputnik” sayti xabar berishicha, Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegara punktlarida kuchaytirilgan tartibda xizmat joriy etilgan.
Qirgʻiziston chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, kuchaytirilgan xizmat turi 10 oktyabr kuni 18.00dan qozogʻistonlik chegarachilar tomonidan kiritilgan. Shu munosabat bilan ayni vaqtda Qirgʻizistonning Qozogʻistonga oʻtish chegara qismida fuqarolar, yuk mashinalaridan iborat ulkan navbat kuzatilmoqda.
Qirgʻiziston Chegara oldi xizmati chegara nazorati davomida Qirgʻiziston tomondan hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaganini maʼlum qilgan.
Qirgʻiziston Chegara xizmatiga koʻra, qirgʻiz-qozoq chegarasidagi “Chon-Kapka”, “Ak-Jol”, “Ak-Tilek” va “Chaldovar” punktlarida nazorat kuchaytirilgan.
“Azattыk” radiosining xabar qilishicha, 11-oktyabr kuni qozoq tomoni “Kordoy” nazorat punktida blokpostlar oʻrnatgan, avtomashinalarni tekshirishga qurolli askarlar ham jalb qilingan.
Chegarada nazoratni kuchayishi prezident Almazbek Atambayevning prezident saylovlari munosabati bilan Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevni keskin tanqid qilgani ortidan vujudga keldi.
Oʻz navbatida Qozogʻiston bosh vaziri Bakit Sagitayev “Facebook”dagi rasmiy sahifasida:
“Biz hech qachon cheklov choralarini koʻrmaganmiz. Bundan tashqari shu yillar davomida bizning mamlakat qirgʻiz xalqiga yordam berib keladi, biz Qirgʻiziston rahbariyatining iltimoslarini tushunish bilan qabul qilamiz”, – deb maʼlum qildi.
Turkiston:
Qirgʻiz va Qozoq prezidentlari bir birlaridan arazlashdi. Nazarbayev Qirgʻiziston prezidentligiga talabgor boʻlgan Omurbek Babanovni qoʻllamoqda, uni oʻz qabuliga kiritib u bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Nazarbayev Babanovga “men Qirgʻizistonga yosh va tajribali prezident kelishini xohlar edim” degan maʼnodagi soʻzlarni gapirdi.
Qirgʻiziston prezidenti esa, Nazarbayevning bu ishiga qarshi, uning qarib qolganini va uning oʻrniga yoshroq yetakchi kelishi toʻgʻriroq boʻlishiga ishora qiluvchi bayonot bilan chiqdi. Uni Qirgʻizistonning ichki ishiga aralashayotganlikda ayblab, “agar oʻzini toʻgʻrilab olmasa, u bilan boshqacha gaplashaman” deb poʻpisa qilib ham qoʻydi.
Natijada mana bir necha kundirki, Qirgʻiz – Qozoq chegarasi oʻta qattiq nazorat holatiga oʻtib, Nazarbayevning maxfiy buyrugʻi bilan deyarli yopilib boryapti. Yuzlagan yuk mashinalari atayin oʻtkazilmay, har xil bahonalar bilan toʻsib qoʻyildi. Tranzit sifatida Qozogʻistondan oʻtib ketayotgan yuk mashinalaridagi hoʻl meva va sabzavod ekinlari chiriy boshlayapti. Bu esa har ikki davlatni ham, fuqorolarini ham millionlagan ziyonga kirgizib qoʻyapti. Bundan tashqari bu holatdan hozircha mayda savdogarlar va migrantlar hamda yashash darajasi oʻta past boʻlgan oddiy fuqorolar qatlami ham, qiyinchilikka duchor boʻlishyapti. Shularning barchasi ikki prezidentning haddidan oshishlari, kibrlanishlari va oʻzlarining shaxsiy ambitsiyalarini xalq manfaatidan ustun qoʻyishlari ortidan yuz beryapti.
Atambayevning oʻzidan ketib, haddidan oshishi va nooʻrin joylarda nojoʻya soʻzlarni aytib yuborishi nafaqat atrofidagi siyosiy elita bilan, balki oʻzidan bir necha borobar quvvatli va nufuzli boʻlgan tashqi davlat rahbarlari bilan ham oʻrtadagi aloqalarining buzilishiga sabab boʻlyapti. Vaholangki, Qirgʻiziston iqtisodiy, giografik va siyosiy tomonlama tashqi mamlakatlar bilan yaxshi aloqa oʻrnatishga majbur boʻlgan mamlakatdir. Mamlakat yetakchisi esa, yetakchi guruh va siyosiy elitaning davlat arboblari bilan yaxshi aloqada boʻlishi oʻta muhim masala hisoblanadi.
Qozoq prezidenti esa, oʻzining shaxsiga qarata aytilgan – nooʻrin boʻlsa ham – haqiqatga yaqin gaplar uchun oʻz millatini va Qirgʻiz fuqorolarini qiynab, ularni jazolay boshladi. Mamlakatidan oʻtib borayotgan Qirgʻizistonning tranzit yuklarini deyarli toʻxtatib qoʻydi. Qozogʻistondagi Qirgʻiz muhojirlarini birma bir qayta roʻyxatdan oʻtkazib, juda koʻp qismini yurtidan kuvib chiqara boshladi. Prezidentlarimiz oʻzlarini podishohlar singari tutishyapti!
Atambayevning soʻzlaridan mantiq yoki biror siyosiy manfaat asosidagi maqsad izlashdan foyda yoʻq. Lekin uning bu safargi Nazarbayevga qarshi gapirgan gaplari, Qozoq muxolif kuchlari tomonidan iliq kutib olingandek boʻldi. Bu esa, Nazarbayev rejimiga qarshi provokatsiyalik harakat qatori baholandi. Vaholangki Qirgʻiziston tomonidan Qozogʻiston hokimiyatiga bosim bera olish imkoniyatining oʻzi yoʻq. Nazarbayev, Atambayevga mana shuni tushuntirib qoʻymoqchi. Saylov oldidan Atambayevning bu xatosi, Nazarbayev va Qirgʻiz muxolif kuchlari uchun oʻta qoʻl keldi. Negaki endi saylovda Jiyanbekov prezidentlikka oʻtib ketsa, Qirgʻiz – Qozoq chegarasi ilgarigi holatidan mahkamroq boʻlishi kutilyapti. Bu esa Qirgʻiz fuqorolari manfaatlariga zid holat. Qozoq hokimiyatining Qirgʻizistonga bosim bera olish imkoniyatlari oʻta kuchli.
Atambayev qattiq ishonib olgan Rossiya esa, vaziyatlarga deyarli aralashmaydi. Chunki Putin ertaga prezidentlikdan ketayotgan Atambayev uchun, amaldagi strotegik oʻta muhim mamlakat rahbari boʻlgan Nazarbayev bilan aloqasini buzmaydi. Demak Atambayev Nazarbayevdan rasman kechirim soʻramas ekan, mamlakatning saylovda va saylovdan keyinga ahvoli oʻta keskinlashishi kutiladi. Chunki Atambayev rejimi uchun saylovdan Jiyanbekovni oʻtkazib olish bir ish boʻlsa, undan keyin mamlakatdagi vaziyatni tinch ushlab qolish undan ham muhim asosiy muammo boʻlib boryapti.