Nima uchun masʼul Kamil Samigullin bu haqda gapira olmaydi?
Tatariston sobiq muftisi oʻrinbosari Rustam Batirov orqali tatar xalqi nazdida Islom obroʻsini toʻkish davom etyapti. Rustam Batirov bu safar (Hadislar islomiy olamni turgʻunlikka yetaklagan) nomli maqola chop etdi. Bu maqola umuman olganda Islom asoslariga qarshi hujum va xususan Tatariston musulmonlarining ruhiy yetakchiligi obroʻsini toʻkish hisoblanadi.
Batirov avval ham besh vaqt namoz oʻqish farzligi haqida shubha qilishi, chunki Qurʼonda farz namozlar soni qanchaligiga dalolat qiluvchi oyat yoʻqligi haqida aytgan edi. Oʻshanda Tatariston muftisi Kamil Samigullin oʻzining instagram sahifasi orqali besh vaqt namoz oʻqish farzligi va kimki subuti qatʼiy oyatlarni inkor qilsa musulmonlikdan chiqishiga dalolat qiluvchi sharʼiy dalillarni keltirgan edi. Oʻz navbatida Batirov axborot vositalari orqali Samigullinni populist deb atab, uni kofirga chiqargan va oʻz fikrlarini himoya qilgan edi.
Mufti va uning sobiq oʻrinbosari oʻrtasidagi kelishmovchilikning bu tarzda avj olib ketishi ortida barchani unga jalb qilish masalasi yotibdi. Chunki tatar xalqi ichida Islomga qiziqayotganlar Batirovning fikrlarini islohiy fikrlar va Kamil Samigullin himoya qilayotgan narsani anʼanaviy Islom deb atay boshlashdi. Shunday qilib muftining sobiq oʻrinbosari oʻzining Islom haqidagi fikrlarini jamiyat ichida tarqata oldi. Mufti esa oʻz xohishi bilanmi yoki majburmi mana shu bahs munozaraga qatnashdi. Vaholanki u jamiyat eʼtiborini Batirov nomli shaxsga emas, mana shu kabi sunʼiy daʼvolarni tashlashdan koʻzda tutilgan maqsadga qaratishi lozim edi.
Muammo shundaki, Kamil Samigullin rasmiy masʼul, u Tatariston musulmonlari bunchalik tez suratda Islomga qaytayotgani gʻayrimusulmonlarni qoʻrqitib yuborayotgani, chunki Islom Tatariston xalqining suyanchigʻi va taraqqiyot manbayi ekanini ayta olmaydi. Rossiyada imperatorlar davridan beri Volga boʻyi, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda yashovchi islomiy xalqlarni mana shu suyanchiqdan ajratishga harakat qilishgan hamda bu harakat kommunistik boshqaruv davrida ham davom etdi. Rossiya bugun ham shu mavzuga katta eʼtibor qaratmoqda, chunki u ushbu hududlarni oʻz hukmronligi ostida qoldirmoqchi.
Shuning uchun bugun koʻrib turganingizdek musulmonlarni taʼqib qilish va ularning uygʻonishi oldini toʻsish harakatlari toʻxtamayapti. Shuningdek ular birlashmasliklari uchun biri orqali boshqasiga zarba berishmoqda. Kofirlar oldinroq musulmonlarni millatchilik asosida boʻlishdi va oʻrtalarida turli fitnalar qoʻzgʻashdi. Shunday qilib umuman musulmon yurtlarga va xususan Tataristonga hukmronligini oʻrnatishdi.
Bunday ishlar bugun ham davom etmoqda, chunki aksariyat musulmonlar olamga aqida nazari bilan qaramayaptilar va Alloh Taoloning quyidagi oyatini unutishdi.
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا
“Va barchangiz Allohning arqoniga bogʻlaningiz va boʻlinmangiz!” [Oli Imron 103]
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَة
“Albatta moʻminlar aka-ukadirlar” [Hujurot 10]
Rossiyadagi muftiyot barcha eʼtiborini Islomni faqat ibodatlarga cheklash va musulmonlarga anʼanaviy Islom mana shu deb tushuntirishga qaratgan. Islom haqidagi mana shu taʼrifni yoqlamagan musulmonlar ekstremist va terrorist deb nomlanib turli zoʻravonliklarga duchor boʻlmoqda. Bugun anʼanaviy Islomning oʻzi ham hujumga uchramoqdaki, bu narsa musulmonlarni Tatariston respublikasining ruhiy yetakchilik markazi amalga oshirayotgan ishlardan noumid qilish uchun amalga oshirilmoqda.
وَلاَ يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّىَ يَرُدُّوكُمْ عَن دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُواْ
“Ular (kofirlar) qoʻllaridan kelsa to diningizdan qaytargunlaricha sizlar bilan urishaveradilar” [Baqara 217]
Shunday boʻlsa-da, Kamil Samigullin musulmon va olim sifatida mana shu narsalar haqida gapirishi va Batirovning Islom dushmanlari foydasiga xizmat qilishdagi munofiqligini fosh qilishi lozim. Tatariston muftisiga mana shu narsa vojib, chunki u Alloh va islomiy Ummat oldida javobgar shaxsdir.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot boʻlimi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com